Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’nalishlari” mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman

2015 yilning 26-27 mart kunlari Farg’ona politexnika institutida “Iqtisodiy resurslardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  yo’nalishlari”  mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumanni o’tkazish rejalashtirilgan. 

Ilmiy-amaliy  anjuman  materiallari  to’plamini  chop  etish  ko’zda  tutilgan.  Shu munosabat bilan 2015 yilning 14 martigacha bo’lgan muddatda ma’ruza tezislari qog’ozda

va  elektron  shaklda  quyidagi  rasmiylashtirish  tartibiga  rioya  etilgan  holda  anjuman tashkiliy  qo’mitasiga  jo’natilishi  lozim.  Tezislar  o’zbek,  rus  yoki  ingliz  tillarida

taqdim etilishi mumkin. 

Konferensiyada quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

-  iqtisodiy  resurslardan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  omillari  va imkoniyatlari.

- resurslardan tejamli foydalanishda iqtisodiy matematik usullardan foydalanish.

- resurslardan foydalanish bo’yicha sarf-me’yorlarni kamaytirishda moliyaviy, boshqaruv hisobi va auditning roli.

-  resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda menejmentning roli.

 

Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislarini rasmiylashtirish tartibi:

1. Taqdim etilayotgan ma’ruza tezislari 2 bet hajmidan oshmasligi kerak.

2.  Ma’ruza  tezislari  MS  WORD  dasturida  Times  New  Roman  shriftida rasmiylashtiriladi;

3.  Ma’ruza  A4  o’lchamdagi  oq  qog’ozda,  12  shriftda,  1  interval  oralig’ida,  chegaralari yuqoridan va pastdan 20 mm, o’ngdan va chapdan 25 mm bo’lishi kerak.

4.  Birinchi  betda  o’rtada  ma’ruza  nomi  bosh  harflarda  yozilib,  1,5  intervaldan  so’ng

muallif(lar)ning  familiyasi,  ismi-sharifi  va  yana  1,5  intervaldan  so’ng  ish  joyi yoziladi.

5.  Ma’ruza  tezislari  1  nusxada  tayyorlanib,  ma’lum  bir  muammo  yechimiga  qaratilgan

bo’lishi va mualliflar tomonidan imzolanishi lozim.

6. Anjuman materiallarining har sahifasi uchun 5000 so’m to’lanadi.

7. Qo’yilgan talablarga javob bermaydigan ma’ruza tezislari chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

Farg’ona politexnika instituti, Iqtisodiyot kafedrasi 

Tel: (90) 634-30-88 (Iqtisodiyot kafedrasi mudiri G.Davlyatova) gdavlyatova@umail.uz, 

(90) 537-47-83 (Iqtisodiyot kafedrasi professori) inismanov@umail.uz, 

(93) 640-00-09 (Iqtisodiyot kafedrasi dosenti K.Kurpayanidi) g7777@mail.ru, 

Manzil: Farg’ona shahar, Farg’ona ko’chasi 86.

x/r: 23402000300100001010,   

shaxsiy x/r: 400110860304017950100079002, 

inn: 201104719.  info: 00014