Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari

Jizzax politexnika institutida 2014 yilning 16-17 may kunlari “Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman o’tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida tadbiq etishdagi ekologik muammolar;
  • · Avtotransport vositalarini ishlatish, servis xizmat ko’rsatish, yo’l harakat xavfsizligini ta’minlash muammolari;
  • · Transport va qurilish inshootlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari;
  • · Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishning usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari;
  • · Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishda kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni kengaytirish masalalari;
  • · Texnika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarida zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalari va ta’lim jarayonida ulardan foydalanishning dolzarb muammolari;
  • · Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni talabalar ongiga singdirishda ijtimoiy fanlarning  roli.

Maqola, tezis materiallari o’zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to’plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo’mitasi maqola, tezislarni saralashni o’z zimmasiga oladi. Ko’rsatilgan mudatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada institut professor-o'qituvchilari, katta-ilmiy xodim va tadqiqotchilari, magistrlar hamda iqtidorli ta'labalar ilovada ko'rsatilgan ta'lablar asosida tayyorlandan maqolalar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Ilmiy anjuman ilovasi