Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Innovatsiya Davlat ilmiy-texnik loyihalari tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining www.uzscience.uz  saytida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi fan-texnika taraqqiyotining ustuvorliklari doirasida bajarilishi 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan amaliy va 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan innovatsiya Davlat ilmiy-texnik loyihalari tanlovi to‘g‘risidagi e’longa muvofiq loyihalarni qabul qilish jarayoni boshlandi. Tanlovga topshiriladigan loyihalar Qo‘mitaning www.uzscience.uz saytida keltirilgan talablar darajasida tayyorlanishi zarur.

Tanlovga loyihalar joriy yilning 15 sentyabriga qadar shanba va yakshanba kunlaridan tashqari har kuni soat 14:00 dan 17:00 gacha Toshkent kimyo-texnologiya instituti bazasida tashkil etilgan vazirlik shtabi (Shayxontoxur tumani, Navoiy ko‘chasi, 32-uy, Innovatsiya markazi, R.V.Mkrtchyan, tel.:244-92-48, mo‘ljal: O‘zbek milliy akademik drama teatri) da qabul qilinadi.