Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iqtisodiyot va xalqimiz hayot sifatini yuksaltirishda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi «Iqtisodiyot maktabi»ning 2015 yil 20-21-fevral kunlari an’anaviy respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkaziladi.

Konferensiya mavzusi: “Iqtisodiyot va xalqimiz hayot sifatini yuksaltirishda xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishning dolzarb muammolari”ga bag’ishlangan.

ANJUMANDA KO’RILADIGAN MASALALAR:

  1. Xalqimiz hayot darajasi va sifatini yuksaltirishning nazariy-metodologik muammolari.
  2. Xalqimiz hayot darajasi va sifatini yuksaltirishda xizmat ko’rsatish sohasini innovasion rivojlantirish va inson kapitalini takomillashtirishning dolzarb muammolari.
  3. Turizm sohasini rivojlantirishning nazariy masalalari, uslubiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish muammolari.
  4. Iqtisodiyotni modernizasiya qilish va xalqimiz hayot sifatini oshirishda moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish muammolari.
  5. Iqtisodiyot sohalarining yuksalishida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va auditning dolzarb masalalari.
  6. Iqtisodiy fanlarni yuksaltirishda Samarqand iqtisodiyot maktabining o’rni.

            Anjuman tili: o’zbek, rus va ingliz tillari.

Anjuman qatnashchilari: Anjumanga professor-o’qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrlar, talabalar va mutaxassislar ishtirok etishlari mumkin. Anjuman materiallari chop etiladi va konferensiyaga ishtirok etgan mualliflarning har biriga 1 ta maqola uchun 1 nusxadan tarqatiladi.

Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirilishi bo’yicha talablar:

  • ma’ruza matnlari Times New Roman shriftida hamda 14 o’lchamdagi shriftda 1 intervalda, 3-5 varaq hajmda yozilgan va tahrir qilingan bo’lishi lozim;
  • matnni joylashtirishda sahifaning chegaralari: yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm, o’ngdan 2,5 sm, chapdan – 2,5 sm. o’lchamda belgilanadi va har bir sahifaning matn bilan to’liq bo’lishi talab qilinadi;
  • ma’ruza tezislari 1 nusxa qog’ozda va elektron variantda RTF formatida taqdim etiladi;
  • ma’ruza mavzusining pastida muallifning ismi, sharifi, ish joyi, telefoni, lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni to’liq ko’rsatilishi kerak.

Mualliflik badali: to’plamni nashr qilish, anjumanni tashkil qilish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash uchun har bir bet maqolaga 6,0 ming so’m belgilangan.

Muddat: ma’ruzalar 2015 yilning 10 fevralga qadar qabul qilinadi.

Eslatma: Maqola anjumanning qaysi yo’nalishga mo’ljallanganligi aniq ko’rsatilishi lozim. Tegishli talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

 Bog’lanish uchun telefonlar: +99866-233-17-88; +99890-251-31-68

E-mail: iqtisodiyotmaktabi@umail.uz