Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iste’dodli bola: ta’limi va tarbiyasi masalalari

“Sog’lom bola yili” Davlat dasturi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2014 yil 6-fevraldagi PQ-2124 – sonli qarori doirasida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan hamkorlikda 2014 yil 30 may kuni

Iste’dodli bola: ta’limi va tarbiyasimasalalari”

mavzusida III – Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o’tkazadi. Konferensiyada respublikada faoliyat yuritayotgan barcha oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari professor-o’qituvchilari, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va yosh mutaxassislar shuningdek soha vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiya quyidagi sho’balar bo’yicha maqolalar qabul qiladi:

                 I.     Iste’dodning zamonaviy ilmiy talqini (nazariy va metodologik yondashuvlar);
                 II.   Iste’dodli bolalarning tanlovi va ilmiy tashxisi masalalari;
                 III. Turli yoshdagi iste’dodli bolalar ta’limini tashkil etish muammolari;
                 IV.  Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari (nazariya va amaliyot);
                 V.    Iste’dodli bolalar va talantli yoshlarning ijtimoiy himoyasi va ularni istiqbolli rivojlantirish masalalari.

Mualliflar uchun ma’lumotlar:

Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalarniquyidagi tartibda rasmiylashtirish talab etiladi:

Maqolalar o’zbek va rus tillarida yozilishi mumkin. Matn hajmi – 3 betgacha, matn shakli – Microsoft Word, yozuv shrifti – Times New Roman, harflar hajmi – 14 kegl, satrlar oralig’i bir intervalda bo’lishi zarur.

Matn maydoni: yuqoridan va pastdan 2 sm, o’ngdan 1,0 chapdan 3 sm.

Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so’ng muallifning lavozimi, familiyasi, ismi va sharifi, oliy o’quv yurti nomi yoziladi, bir interval tashlanib, matn beriladi.

Konferensiya materiallari ilmiy to’plam shaklida ishtirokchilarning mablag’lari hisobidan chop etiladi. Har bir maqola uchun muallif 20.000 so’m miqdorida oldindan badal puli to’laydi.

 Konferensiyada ishtirok etish uchun yuborilgan maqolalar 2014 yil 1 maygacha elektronva qog’oz variantda qabul qilinadi.

Mazkur talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar to’plamga kiritilmaydi.

Matnda foydalanilgan ma’lumotlarning aniqligi uchun muallif javobgardir.

Konferensiya materiallari to’plami konferensiya kuni barcha ishtirokchi- mualliflarga tarqatiladi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, Farobiy ko’chasi – 16, O’zbekiston Milliy universiteti Falsafa fakulteti, Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi 14 xona.

Maqolalarni yig’ish bo’yicha mas’ul: Sodiqov Ulug’bek Jo’rayevich:

    + 998 (93) 594 07 82;   e-mail: sodiqov73@mail.ru.

Sadikova Shoira Odiljanovna:+998 (91) 162 19 71.