Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O‘qituvchilar kasbiy mahoratini takomillashtirishning uzluksizligi muammolari va yechimlari

Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Sizni 2014 yil 21-22 noyabr kunlari "O‘qituvchilar kasbiy mahoratini takomillashtirishning uzluksizligi muammolari va yechimlari" mavzusida o‘tkaziladigan respublika ilmiy-amaliy anjumanida ishtirok etishga taklif etadi.

Anjumanni o‘tkazish joyi: Samarqand viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining majlislar zali.

Anjuman quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

1-sho‘`ba. Malaka oshirish institutlarida o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalari.

2-sho‘`ba. O‘qituvchilar kasbiy mahoratini takomillashtirishda mustaqil bilim olishning o‘rni, samarali shakl va uslublari.

3-sho‘‘ba. Ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish - o‘qituvchilar kasbiy mahoratini takomillashtirishning uzviyligini ta’minlashda muhim omil.

4-sho‘ba. O‘qituvchilar ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini yanada oshirish - ular kasbiy mahoratini takomillashtirishning muhim sharti.

5-sho‘ba. Boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda o‘qituvchining innovatsion texnologiyalarga yondashuvi.

b-sho‘‘ba. Maktabgacha ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning o‘rni.

Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.

Konferensiyada qatnashish uchun tegishli materiallarni 2014 yil 10 oktyabrgacha yuborishingizni so‘raymiz.

Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilarni buyurtma va puxta tahrirlangan materiallarni konferensiya to‘plamida chop etish uchun quyidagi manzilga va E-mail larga yuborish so‘raladi:

-          Samarqand shahri, Boysunqur ko‘chasi, 3-uy. Telefon: (8 366) 221-48-34,

-          Faks: (8 366) 221-08-54;

-          E-mail: jurayeva2014@inbox.uz ;    xolbayeva2014@inbox.uz

Ilmiy maqolalar quyidagi talablar asosida rasmiylashtirilishi kerak:

-    ilmiy maqolalar 5 betdan ko‘p bo‘lmagan xajmda (shu jumladan formulalar, jadvallar, rasmlar, adabiyotlar ro‘yxati va h.k.) elektron manzil orqali qabul qilinadi;

-    maqola matni Microsoft Word tekst redaktorida, Times New Roman shriftida, 1,5-intervalda, shrift o‘lchami - 14, tekislash eni bo‘yicha, barcha chet taraflarning o‘lchami 2 sm bo‘lishi shart.

Rasmiylashtirish tartibi:

1  qator — maqola sarlavhasi (katta xarflar bilan)

2  qator — muallifning F.I.SH.

3  qator - mazkur ish bajarilgan korxonaning nomi

4  qator - maqola matni

Anjuman ishtirokchilarinint ma’ruzalari asosida belgilangan galablarga javob bergan materiallardan to‘plam tayyorlanadi. Bayon etilgan ma’lumotlar va ularning ilmiy-nazariy asoslanganligi hamda metodik jihatlari bo‘yicha muallif mas’uldir. Anjuman materiallari mualliflarning oldindan to‘langan badallari hisobidan chop etiladi (har bir sahifa uchun - 8 ming so‘mdan).