Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga 2015 yil uchun qabul

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Samarqand davlat chet tillar instituti

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga 2015 yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladi:

 

  1. 09.00.03 – “Falsafa tarixi”
  2. 10.00.03 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi”
  3. 10.00.05 – “Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”
  4. 10.00.07 – “Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog’ishtirma tilshunoslik lingvistik tarjimashunoslik”
  5. 13.00.01 - “Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment” 

Kerakli hujjatlar: rektor nomiga ariza, ma’lumotnoma (obyektivka), mehnat daftarchasining belgilangan tartibdagi nusxasi, oliy ta’lim yoki fan nomzodi to’g’risidagi diplom nusxasi, doktorlik dissertasiyasi rejasining mufassal loyihasi, ilmiy jurnallarda hamda nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida 3 ta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar to’plamlariga davra suhbatlari to’plamlariga kiritilgan tezislar (kamida 2 ta) ro’yxati, ularning nusxalari, fan nomzodi bo’lmaganlar uchun ilmiy va ilmiy-pedagogik foliyatga layoqatini aniqlash yuzasidan o’tkazilgan test sinovidan o’tganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, fan nomzodi bo’lgan uchun nomzodlik dissertasiyasi avtoreferati, yetakchi olimlardan birining ilmiy maslahatchilik qilish uchun rozilik xati, pasport nusxasi, 4 dona fotosurat, tibbiy ma’lumotnoma.