Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar (KIXI) institutiga 2014-yil qabul to'g'risida

Samarqand davlat chet tillar institutida  katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy tadqiqot ishlari olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi  Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 8-avgustdagi 5/3 sonli Hay’at qarori hamda institut rektorining  2013 yil  29 avgustdagi  289 -sonli buyrug‘i bilan 7 ta (09.00.03 – Falsafa, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa, 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.05 – Yevropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti, 10.00.07 – Qiyosiy-tarixiy, tipologik va chog‘ishtirma tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik, 10.00.11 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment.) ixtisoslik tasdiqlandi va bu ixtisosliklar bo‘yicha  institutda 6 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi hamda 15 nafar mustaqil izlanuvchilar  faoliyat olib bormoqda.

2014 yil qabul rejasi bo‘yicha 3 mutaxassislik bo‘yicha 7 nafar kvota (reja) tasdiqlangan. Qabul bo‘yicha vaqtli matbuotda e’lon berildi. 

 

Katta ilmiy xodim-izlanuvchi sifatida talabgorlarning topshiradigan  hujjatlar

R O‘ Y X A T I

 

  1. Institut rektori nomiga ariza.
  2. Ma’lumotnoma.
  3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi.
  4. Oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi,  fan nomzodi dimlomi yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi.
  5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi.
  6. Ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida uchta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.
  7. Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyatiga layoqatini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan test sinovidan o‘tganligini tasdiqlovchi OAK hujjatining nusxasi.
  8. Yetakchi olimlardan birining uni ilmiy konsultant sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi.

 

Qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28- dekabrdagi 365-sonli qarori bilan tasdiqlangan, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom talablari asosida  amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar 2013-yil 15-oktyabrdan 15-noyabrgacha Ilmiy bo‘limda qabul qilinadi.

 

 

 

Ilmiy bo‘lim boshlig‘i                                                F.Ziyadullaeva