Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - yoshlarning ta’limi va tarbiyasi” mavzusidagi ilmii-amaliy anjuman

Vazirlar mahkamasining 2013 yil 22 yanvardagi 25-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan

O’zbekiston Respublikasida 2013 yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tqaziladigan ilmiy va ilmii-texnik anjumanlar reja”si va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013 yil 24 yanvardagi Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadaqiqot muassasalarida 2013 yilda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi  23-sonli buyrug’i hamda 2013 yil 10 sentyabrdagi 04/47-sonli xatida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 21 yilligi munosabati bilan 2013 yilning 10-11 dekabr kunlari M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida “O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi - yoshlarning ta’limi va tarbiyasi” mavzusidagi ilmii-amaliy anjuman o’tkaziladi. Anjuman ishtirokchilarini ro’yxatga olish soat 9-00 da boshlanadi. Anjuman soat 10-00 da boshlanadi.

Anjuman jarayonida muhokama qilinadigan mavzular yo’nalishlari:

  1. Ta’lim-tarbiya olishda yoshlarning konstitusiyaviy huquqi.
  2. Jamiyat va shaxs: umumgumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik-pedagogik aspektlar
  3. Axborot jamiyati va huquqiy madaniyat.
  4. Oilani muhofaza qilish va mustahkamlashning konstitusiyaviy asoslari.

Anjuman ishida Respublikamiz Oliy va o’rta maxsus ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari professor-o’qituvchilari va mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilari va iqtidorli talabalari katnashish ko’zda tutiladi.                                                                                                                                                                           r

Ma’ruza matnlari kuyidagi talablarga  asosan tayyorlanib, qog’oz va elektron shakllarda topshirilishi lozim: xajmi 3 betdan 10 betgacha Times New Roman, 14 kegl, A-4 formatda, satrlar oraligi 1,5 sm sahifalar chetidan 2 sm dan qoldirilgan holda, manba va adabiyotga ishora (ssilka)lar matn so’ngida berilsin. Muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi shaxsiy telefon raqami va elektron manzili sarlavha ostida 1,5 interval tashlab, sahifaning o’rtasida yozilsin. Anjuman materiallari o’zbek, rus va ingliz tillarida joriy yilning 25 noyabriga qadar qabul qilinadi. Anjumanning tashkiliy  badali va materiallar to’plamining nashr xarajatlari uchun har sahifasiga10000 so’m (MDU professor-o’qituvchilari va xodimlari uchun - 6000 sum MDU Filiali talabalari uchun - bepul) deb belgilangan. Anjumanda faol qatnashgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanishi ko’zda tutilgan.

So’ngi yalpi majlisda xulosa va takliflar muhokama qilinib, yakuniy tavsiyalar qabul qilinadi.

 

NAMUNA

Maqolaning nomi

A.A.Alimov ilmiy darajasi va unvoni, ish joyi

Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1, 1]. Asosiy matn.

Adabiyotlar

Mualif. Maqola nomi. Nashr qilingan joyi, nashr qilingan yili.

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko’chasi, 22.

Anjuman o’tkazish uchun mas’ul: Umumgumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

Telefon raqamlari: (8 371) 2324546; (+99893) 5658781, (+99893)  391 1810,(8 371) 2322805’

e-mail: conferensOGSED@mail.ru