Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Zamonaviy tilshunoslik va lingvo-didaktikaning kommunikativ aspektlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2015  yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar reja”si va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2015 yilda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 51-sonli buyrug’ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 2015 yil 24-25 aprel kunlari “Zamonaviy tilshunoslik va lingvo-didaktikaning kommunikativ aspektlari” mavzusida Vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o’tkaziladi.

Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar faoliyati rejalashtirilgan:

  • Nutq hodisalarining pragmalingvistik  talqini;
  • Nutqiy muloqot jarayonida lingvomadaniy xususiyatlarning voqyelanishi;
  • Muloqot jarayoni shakllanishining kognitiv asoslari;
  • Chet tilini o’qitishdagi  kommunikativ  kompetensiyani rivojlantirish;
  • Ta’lim jarayonida madaniyatlararo kompetensiya;
  • Kommunikativ  ta’limga  asoslangan o’quv adabiyotlarini yaratish. 

Anjuman tili: o’zbek tili va boshqa xorijiy tillar.  

Anjuman ishtirokchilari maqolalarida seksiya va maqola mavzusi, maqolaning qisqacha annotasiyasi, muallif (ismi, sharifi, va elektron manzili) haqida ma’lumot berishlari kerak. 

Anjumanga maqolalarni quyidagi tartibda taqdim etilishi so’raladi:

Ma’ruza materiallari MS WORD Times New Roman (14) shriftida rasmiylashtiriladi. Qog’oz o’lchovi A4 (210-297)Yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm joy    qoldirish kerak. Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog’ozning o’rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorda ma’ruzachining ismi familiyasi va ish joyi yoziladi. Qator orasidagi interval 1,5 bo’lsin.Ma’ruza materiallari tahrirdan o’tgandan so’ng chop etilishi ko’zda tutilgan (tahrir ma’ruzachi zimmasida).Ma’ruza qog’oz va elektron shaklda topshirilishi lozim.

·Anjumanda ishtirok etuvchilardan 2015 yilning 10 apreliga qadar maqolalarni taqdim etishlari so’raladi.

Anjuman va maqolalarga oid savollar bo’yicha anjuman qo’mitasiga murojaat etishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand shahri, Bo’stonsaroy, 93. SamDChTI.

Tel. +998937280438 (N.N.Suvonova); +998902717349 (S.I.Ismoilov); +998915385005 (M.Asadov). elektron pochta:  mahmadiyor@samdchti.uz

Tashkiliy qo’mita