Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Madaniyatlararo va ilmiy – texnik muloqotlarda tarjimaning o’rni va roli

Sizlarni 2014 yil 25-26 may kuni o’tkaziladigan Respublika miqyosidagi «Madaniyatlararo va ilmiy – texnik muloqotlarda tarjimaning o’rni va roli» mavzuidagi respublika ilmiy-amaliy koferensiyasiga ishtirok etishga taklif etamiz.

Konferensiya doirasida quyidagi sho’balar uchun ma’ruzalar qabul qilinadi:

Tarjima va madaniyatlararo muloqtlar.

-     tarjima va milliy kolorit;

-     tarjimaning frazeologik muammolari;

-     tarjima va uslub.

Ilmiy-texnik matnlar tarjimasi muammolari.

-     ilmiy-texnik matnlarni o’girish tamoyillari;

-     ilmiy-texnik terminologiya va tarjima muammolari;

-     soha mutaxassisligi va tarjimon muammosi.

Tarjima didaktikasi va tarjimonlar tayyorlashning dolzarb masalalari.

-     tarjima mashqlari tipologiyasi muammolari;

-     tarjimon tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlari;

-     tarjima, tarjimon, noshir, kitobxon munosabatlarining tarjimon tayyorlashdagi o’rni va roli.

Maqolalarga qo’yiladigan talablar:

Ilmiy maqola hajmi foydalanilgan adaiyotlar ro’yxati bilan birga besh sahifadan oshmasligi shart. Matn formati: fayl MS Word.Doc (versiya 2003 goda);  shriftTimes New Roman; hajmi 14, qatorlar orasidagi interval 1.5, sahifalarning yuqori, pastki qismidan va o’ng hamda chap tomonlardan – 2sm.; matndagi iqtiboslar to’rtburchak qavs ichida quyidagicha yoziladi masalan: [1, 155], [2, 482]; adabiyotlar ro’yxati matn so’ngida “Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati” yozuvi ostiga joylashtiriladi, manbalar ro’yxati olingan iqtiboslar ketma-ketligida joylashtiriladi. Maqolalarni 25 –aprel 2014 yil kechki soat 18:00 ga qadar sadikov.zohid@mail.ru manzilidagi elektron pochtaga yuborishingiz so’raladi.

 Diqqat! To’plamni chop etish harajatlari maqola mualliflari tomonidan amalga oshiriladi. Har bir betga 6000 so’mdan. Konferensiya materiallari to’plami (ishning sifatini ta’minlash maqsadida) 15- aprelgacha chop etilishi mo’ljallangan.