Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

"Milliy iqtosodiyotga investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor vazifalari” to’g’risidagi PQ-1438-sonli Qarori, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2012-yilning asosiy yakunlari va 2013 -yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimiz - keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda Toshkent moliya instituti tomonidan 2013-yil 15-noyabr kuni “Milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni  jalb qilishni faollashtirish ” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.

Mazkur konferensiyani o’tkazishdan asosiy maqsad milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning muhim sharti va manbai sifatida iqtisodiyotga ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish va mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish, iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etish samaradorligini oshirish, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo’yicha fikr almashish hamda ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.

Konferensiya ishida vazirliklar, bank-moliya muassasalari va turli tashkilotlarning rahbarlari, amaliyotchi mutaxassislar, iqtisodiy yo’nalishdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o’qituvchilari, tadqiqotchi-izlanuvchilar, magistratura talabalarining ishtirok etishi ko’zda tutilgan.

Konferensiyada Plenar yig’ilishi bilan bir qatorda quyidagi seksiyalar ham o’z ishini olib boradi:

1-seksiya. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashda ichki investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’nalishlari.

2-seksiya. Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish va mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish.

3-seksiya. Investitsiyalar samaradorligini baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish.

4-seksiya. Iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari ishtirokini oshirish.

5-seksiya. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda qimmatli qog’ozlar vositalaridan foydalanish.

 

 

Tezislarga talablar:

Konferensiyada qatnashish uchun ma’ruza tezislari qog’oz va elektron shaklda Toshkent moliya institutining “Loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasiga 2013 yilning 7 noyabriga qadar topshirilishi zarur.

Ilmiy-amaliy tavsiyalarni o’z ichiga qamrab olgan, imlo xatosiz bo’lgan ma’ruza tezislari 3 betdan oshmagan hajmda, o’zbek, rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin. Ma’ruza tezislari Microsoft Word (format RTF), Times New Roman shrifti, A4 format, tepadan 2,0 sm, pastdan 2,0 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm, shrift kattaligi — 14 pt, oraliq interval - 1,5 kenglikda, abzats boshidagi oraliq - 1 sm, eniga formatlash tarzida to’ldirilishi zarur. Tezis birinchi betining yuqori o’ng qismida muallifning familiyasi, ismi, sharifi (to’lig’icha), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, tashkilot yoki oliy o’quv yurtining nomi ko’rsatilishi lozim. Tezis matnida foydalanilgan manbalar aniq ko’rsatilishi lozim. Maqola va tezislarda keltirilgan fikr-mulohaza va raqamlarga muallif(lar) javobgar xisoblanadi. Konferensiya ishtirokchisi anketasi quyida keltirilgan namuna bo’yicha to’ldirilishi zarur.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan ma’ruza tezislari to’plamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.

To’plam nashr etiladi, tezis bir betining narxi 7 ming so’m.

Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko’chasi, 60-A.

“Loyihalarni moliyalashtirish” fakultet binosi, 4-qavat, 420-xona “Loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi. Ma’lumot uchun telefonlar: (+99871) 234-01-98, (+99893) 399-17-60; e-mail: klom@tfi.uz

KONFERENSIYA ISHTIROKCHISI ANKETASI

  Familiya, ismi, sharifi ___________________________________

  Ilmiy darajasi __________________________________________

 Ilmiy unvoni___________________________________________

  Ish joyi________________________________________________

 Ish joyi manzili_________________________________________

 Egallab turgan lavozimi__________________________________

 Telefon raqami_________________________________________

  Faks_________________________ e-mail____________________

    Konferensiyadagi ma’ruzaning nomi________________________