Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Milliy g’oya, ma’naviyat va huquq ta’limini rivojlantirishning dolzarb masalalari

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida "Milliy g’oya, ma’naviyat va huquq ta’limini rivojlantirishning dolzarb masalalari" mavzusida 2014 yil 21 may kuni o’tkaziladigan ilmiy-amaliy konferensiya bo'lib o'tadi.

Mazkur anjuman Respublika Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi bilan hamkorlikda "Milliy g’oya va huquq ta’limi" kafedrasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Konferensiyada quyidagi masalalar muhokama etiladi:

  • Milliy g’oyani ilmiy o’rganish, o’qitish va targ’ib-tashviq qilishning nazariy-uslubiy masalalari
  • Ma’naviyatni   rivojlantirish   va   yoshlar ga   oid   davlat   siyosatini amalga oshirishning ustuvor vazifalari
  • O’zbekistonda     huquq     ta’limini      rivojlantirishning     g’oyaviy-konseptual asoslari va istiqbollari.

Ushbu ilmiy-amaliy konferensiyada institut professor-o'qituvchilari, katta-ilmiy xodim va tadqiqotchilari, magistrlar hamda iqtidorli ta'labalar ilovada ko'rsatilgan ta'lablar asosida tayyorlandan maqolalar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

Ilmiy anjuman ilovasi