Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Milliy mafkura ruhida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ma’naviy barkamollik-komil insoniylik mezonlari va ustoz-shogird tamoyillarining roli haqida

Samarkand Viloyati xokimiyati O’zbekiston musulmonlari idorasi, Samarkand viloyati vakilligi, Oliy o’quv yurtlari ma’muriyati, Mirzo Ulugbek nomidagi Samarkand davlat arxitektura - qurilish instituti tomonidan 2014 yil 7-8 may kunlarida O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi qabul qilgan “Ta’lim to’g’risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risidagi qonunlari va farmonlari asosida va Prezident Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asaridan kelib chiqadigan vazifalar va yoshlarni, talaba yoshlarni milliy g’oyaviy mafkura va milliy ma’naviy an’ana, merosiy qadriyatlar, ta’lim-tarbiya, ustoz-shogirdlik (piri-murshidlik) tamoyillari tajribasi kabi merosimizga, Vatanga sadoqatlilik, mustaqilligimiz va uning kelajak istikbollariga ma’naviy barkamol, komil insoniy xislat va fazilatlarga monand kadrlar tayyorlashning dolzarb muammolariga bag’ishlangan “Milliy mafkura ruhida mutaxassis kadrlar tayyorlashda ma’naviy barkamollik-komil insoniylik mezonlari va ustoz-shogird (piri-murshid)lik tamoyillarining roli haqida”gi mavzuda ilmiy - nazariy va amaliy anjuman o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Ilmiy-nazariy va amaliy anjumanga ma’ruza-matnlari kuyidagi yunalishlar buyicha yuborilishi taklif kilinadi:

  1. Mafkuraviy ruhda mutaxassis kadrlar tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar va turdosh fanlarning roli haqida.
  2. Mutaxassis-ixtisosli kadrlar tayyorlashda ma’naviy barkamollik-komil insoniylik mezonlari, ustoz-shogird (piri-murshid)lik tamoyillarining roli va tarixiy ildizlari haqida.
  3. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda mustakillik yillarida va kelajak taraqqiyotimiz istiqbollarida ma’naviy barkamollik-komil insoniylik mezonlari va ustoz-shogird (piri-murshidlik tamoyillarining umumiy yo’nalishlari, mazmun-mohiyati, dolzarbligi, talab va muammolari haqida.
  4. Ma’naviy-komillik mezonlari, ustoz-shogirdlik (piri-murshid)lik tamoyillariga yanada sifat va rivoj bergan mustaqillik yillarida va undan oldin o’tgan buyuk allomalar, olimu-ulamolar, ustozlar va ularning ustoz-shogirdlik faoliyatlari haqida.

Ilmiy-nazariy va amaliy anjumanga ishtirok etish va chiqish qilish uchun yuboriladigan ma’ruza matnlarini Word taxririda Times New Roman shriftida 14 o’lchamli 1 oraliqda 4-5 bet hajmida (betlar to’la bo’lgan holda) oq kog’ozda va elektron nusxalarda (disket yoki elektron pochta orqali) 2014 yilning 20 aprel oyiga qadar chop qilishga tayyor holda (xatosiz, taxrir kilingan holda) SamDAQI “Sosiologiya va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasiga yoki Samarkand viloyati Bosh imom Xotibi kabinetiga yuborishingiz mumkin.

Anjumanga yuborilgan materiallar uzgarishsiz  chop etiladi, xato-kamchiliklar uchun mualliflarning o’zlari masuldir.

Kechikib kelingan, talablarga javob bermagan, xato-kamchiligi ko’p bo’lgan maqola yoki ma’ruza matni (tezis) qabul qilinmaydi va chop etilmaydi. Anjumanga ishtirok etib materiallarini chop etishga tavsiya qilinganlar 12 ming sum miqdorida tashkiliy va chop etish xarajatlarini oldindan o’zlari olib kelib tashkiliy qo’mitaga (kotibga) yoki quyidagi xisob raqamiga o’tkazishi mumkin.

Xisob raqami:

Samarkand shaxar Lolazor ko’chasi, 70 uy.

Samarkand davlat arxitektura - kurilish instituti

SHXR 400110860184017950100079004, INN: 201213353 OKONX 92110 Bank: “Markaziy bank” XKKM Toshkent shahar boshqarmasi Moliya vazirligi G’aznachiligi

X/R: 23402000300100001010 MFO: 00014

OKONX 97160 INN 201122919

“Anjuman uchun” deb kursatilsin.

Murojaat uchun: Samarqand viloyati Bosh imom Xotibi kabineti va 703047, Samarkand shahar, Lolazor ko’chasi 70 uy, SamDAQI, Arxitektura fakulteti, birinchi qavat “Sosiologiya va iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi
Telefonlar: + 998933387172  Faks: + 99866 237-26-30

Tashkiliy qo'mita.