Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini innovasion rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamkorlikda 2014 yil 4 mart kuni “Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini innovasion rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari” mavzusida Respublika ilmiy - amaliy konferensiya o’tkazish rejalashtirilgan.

Anjumanning ilmiy tezislar to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2014  yil 20 fevralgacha bo’lgan muddatda tezislar chop etilgan va elektron shaklda quyidagi rasmiylashtirish tartibiga rioya etilgan holda anjuman tahririyatiga jo’natilishi lozim. Tezislar o’zbek, rus va ingliz tillarida, 3 betgacha hajmda taqdim etilishi lozim.

Konferensiyada quyidagi yo’nalishlardagi masalalar muhokama etiladi:

  • Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini innovasion rivojlantirishning zamonaviy konsepsiyasi;
  • Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish strategiyasi;
  • Mintaqalar tashqi iqtisody faoliyatini rivojlantirishda bank, moliya va soliq masalalari;
  • Mintaqalar eksport salohiyatini oshirishda xorijiy investisiyalardan samarali foydalanish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari;
  • Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatida transport va kommunikasiya tizimini rivojlantirishning dalzarb masalalari;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali tashkil etishda axborot-kommunikasion texnologiyalarning o’rni;
  • Tashqi iqtisodiy jarayonlarni modellashtirishning o’ziga xos xususiyatlari;
  • Mintaqalar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning boshqa yo’nalishlari.

Ilmiy tezislar izlanuvchining tadqiqotlari umumiy natijasi, olingan xulosasi sifatida yuqori saviyada taqdim etilishi lozim. Ko’chirmachilik (plagiat) va ma’lumotlarni soxtalashtirish holatlariga yo’l qo’ymaslik talab etiladi.

Takdim etilayotgan tezislarni rasmiylashtirish tartibi:

  1. Takdim etilayotgan tezis MS Word 95 - 2003, 2007 (RTF) formatida, Times New Roman shriftida, 14 hajm kattalikda, 1,5 intervalda yoziladi.
  2. Qog’oz hajmi A4 (210 x 297 mm), tepadan, pastdan, chapdan, o’ngdan 2 sm doirasida yoziladi.

3.  Birinchi qatorda mavzuning nomi, sahifaning o’rtasida bosh va qalin
harflarda, 2-qatorda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi, 3-qatorda
muallifning ish joyi va lavozimi, 4-qatordan matn yoziladi.

  1. Tezis matnlari ikki nusxada va elektron shaklda universitetning "Tashqi iqtisodiy faoliyat" kafedrasi, 1-o’quv binoning 422 - xonasiga taqdim etiladi.
  2. Tezisning har sahifasi uchun 8000 so’m to’lanadi.
  3. Qo’yilgan talablarga javob bermaydigan tezislar chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi, tel: (998-71) 239-28-03, 232-61-77, (+99898) 360-12-83. Imomov Jamshidxon, (+99890) 953-94-49 Qosimov Otabek.

E-mail: tif_nauka@mail.ru

Manzil: Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49-uy, “Tashqi iqtisodiy faoliyat” kafedrasi, 1-o’quv bino, 422 – xona.