Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O'qituvchilik fazilatlari va yutuqlari - 2015 (TEA) dasturi

Dastur bayoni

Muallimlik fazilatlari va yutuqlari dasturi AQSH Davlat Departamentining Ta’lim va Madaniyat Ishlari bo‘yicha Byurosi dasturidir. Mazkur dastur Yevropa va Yevroosiyo, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani, Yaqin Sharq, Janubiy va O‘rta Osiyo, Sub-Saxara Afrikasi va G‘arbiy nim-kurra mintaqalaridan 156 nafar o‘rta maktab o‘qituvchilarini o‘z sohalarida tajribalarini kengaytirish, dars berish qobiliyatlarini rivojlantirish hamda AQSH to‘g‘risidagi bilimlarini yanada oshirish uchun juda qulay imkoniyat beradi. Xalqaro qatnashchilar 75-78 nafar o‘qituvchilardan iborat ikki guruh bo‘lib, yiliga ikki marta AQSHga tashrif buyuradilar. Ularning dasturlari o‘quv metodologiyasi, darslarni rejalashtirish va ishtirokchilar Vatanlaridagi sharoitda o‘qitish metodologiyasi strategiyalarini ishlab chiqish, internetda izlanishlar va yozuv-chizuv ishlari uchun hamda o‘quv qo‘llanmasi sifatida kompyuterlardan foydalanish bo‘yicha kurs ishlari va jadal treninglardan iborat. Shu bilan birga, olti haftalik dastur qatnashchilarni AQSH ta’lim tizimi bilan bevosita tanishtirish va tajribalar almashish maqsadida ikki haftadan iborat o‘rta maktabda dars berish amaliyotini ham o‘z ichiga oladi. Dastur davomida qatnashchilar uchun AQSH madaniy yodgorliklariga tashriflar uyushtiriladi hamda ularga akademik ko‘mak ko‘rsatiladi.

2011 yil bahor va yoz mavsumlarida 78 nafar AQSH o‘qituvchilari xalqaro o‘qituvchilarning tashriflariga javoban o‘zlari ham safarga chiqishlari mumkin. Har bir AQSH o‘qituvchisi mazkur dastur bo‘yicha o‘qib ketgan xalqaro o‘qituvchilarning maktablari tomonidan kutib olinadi. Bunda Amerika o‘qituvchilari qabul qilib oluvchi mamlakat maktablari o‘qituvchilari bilan birga dars berishlari, eng yaxshi dars berish amaliyotlari, o‘quv rejasi va boshqa ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan. Tashrif mahalliy maktablar, ota-ona qo‘mitalari va joylardagi davlat boshqaruv organlari bilan uchrashuvlarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

Bundan tashqari, dastur xalqaro o‘qituvchilarga maktablari uchun kerakli materiallarni sotib olishlari, boshqa o‘qituvchilar uchun treninglar o‘tkazish hamda ularning almashinuv tajribasiga yordam beruvchi boshqa tadbirlarni tashkil etish maqsadlari uchun qo‘shimcha grantlarni taqdim etadi.

Dastur tomonidan ta’minlanadigan ehtiyojlar

  • J-1 viza olishni tashkillashtirish
  • Toshkentda safar-oldi ko‘rsatmalarni berish
  • Borib-kelish va AQSH bo‘ylab aviabilet qiymatini qoplash
  • Vashington K.O.da o‘tkaziladigan "Kutib Olish Marosimi"
  • Akademik o‘quv pullari
  • Baxtsiz hodisa va kasallik sug‘urtasi
  • Uy-joy ijarasi (aksariyat hollarda boshqa dastur ishtirokchilari bilan taqsimlanadi) va oziq-ovqat
  • Amaliyot maktabiga qatnash transport xarajatlari (agar lozim bo‘lsa)
  • Kitoblar/professional rivojlanish uchun mablag‘lar
  • AQSHning qabul qiluvchi universiteti tomonidan o‘tkaziladigan yakuniy anjuman
  • AQSH o‘qituvchisini ikki hafta muddatga qabul qilish hamda dasturdan keyingi grantlarni olish uchun ariza topshirish imkoniyatlari
  • Dastur yakunidan keyingi yangi grantlarni olish uchun ariza topshirish imkoniyati

Tanlov talablari

Nomzod:

  • Ikkinchi toifali, to‘liq stavkada ishlovchi, ingliz tili, ijtimoiy fanlar (ijtimoiy ta’lim, fuqarolik huquqi, tarix yoki geografiya) yoki matematika va tabiiy fanlardan dars beruvchi, kamida besh yil o‘qituvchilik tajribasiga ega bo‘lgan;
  • O‘zbekiston fuqarosi;
  • Og‘zaki va yozma ingliz tilini mukammal o‘zlashtirgan;
  • Dastur tugashidan keyin kamida yana besh yil dars berishga ahd qilgan bo‘lishi shart.

http://uzbekistan.usembassy.gov