Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Muxandislik kommunikasiya tizimlarini loyihalash, qurish va modernizasiyalashning zamonaviy masalalari

Samarqand davlat arxitektura-qurilish va Toshkent arxitektura-qurilish institutlari  Sizni “Muxandislik kommunikasiya tizimlarini loyihalash, qurish va modernizasiyalashning zamonaviy masalalari” mavzusida o’tkaziladigan xalqaro ilmiy-texnik anjumanda ishtirok etishga taklif etadi.

 (O’zbekiston, Samarqand sh.,  2014 yil  20-21 may.)

Ilmiy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan:

  1. 1.     Suv ta’minoti va kanalizasiya tizimlariningzamonaviy muammolari;
  2. 2.     Binova inshootlarningventilyasiyasi,havosini mo’tadillashtirish, issiqlik va gaz ta’minoti tizimlarini modernizasiyasi;
  3. 3.     Muxandislik kommunikasiya tizimlarini loyihalash, qidiruv ishlari va qurilishida geoinformasion texnologiyalarni qo’llash;
  4. 4.     Muxandislik tizimlar uchun mutaxassislar tayyorlash, qayta tayyorlash va atrof muhit muxofazasi masalalari.

Konferensiyaning rasmiy tillari: o’zbek, rusva ingliz

Ilmiy anjumanda ishtirok etishni hohlovchilar 6 betgacha hajmdagi va puxta tahrirlangan materiallarini konferensiya to’plamida chop etish uchun 2014 yilning 10-apreligacha samgasiconf@mail.ru elektron manziliga yuborishingizni so’raymiz.

Maqolalarni rasmiylashtirishga talablar:

  • Matn Microsoft Word  formatida;
  • A 4 formatda, kitob ko’rinishida;
  • har tomondan 2 sm hoshiya qoldirilishi kerak;
  • shrift - Times New Roman;
  • o’lchami -14 pt;
  • abzas - 1 sm, oraliq – 1,5;
  • tekislash eni bo’yicha;
  • rasm va grafiklar (300 dpi) *.tif, *.psd va *.jpg formatlarida  berilishi kerak;
  • sarlavhada ma’ruzaning nomi, ma’ruzachining F.I.Sh.,tashkilot va davlat  nomlari sahifaning o’rtasida joylashgan bo’lishi kerak;
  • adabiyotlarga murojat(ssыlka) katta qavs ichida ko’rsatiladi. 

Respublikamizdan ishtirok etuvchilar har bir sahifa uchun 8000 so’m miqdorida, chet elliklar uchun 50 AQSh $, O’zR MB kursi bo’yicha tashkiliy badal mablag’ini to’lashlari zarur.

Hisob raqami: Moliya vazirligi g’aznachiligi,h/r  23402000300100001010 Markaziy bank XKKM Toshkent,MFO 00014, INN 201122919 shxv 400110860184017950100079004 INN 201213353.

Murojaat uchun tashkiliy qo’mita: 140147, Samarqand sh. Lolazor ko’cha 70.  SamDAQI. Tel: (8-366) 237-18-47, Faks: (8-366) 237-26-30, E-mail: samgasiconf@mail.ru Xushvaqtov  Usmon Ashurovich

ISHTIROKCHINI  RO’YXATGA  OLISH SHAKLI 

Ishtirokchining to’liq  F.I.Sh.  

 

Tashkilot

 

Seksiya

 

Lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni

 

Manzil

 

Telefon

 

Faks

 

E-mail

 

Ma’ruzaning qischqacha mazmuni

 

Ishtirok shakli (ma’ruza/ko’rgazma)

 

Mehmonxonada joy (kerak/kerak emas)

 

Mehmonxonada yashash va yo’l harajatlari ishtirokchining o’z hisobidan amalga oshiriladi.

Axborot xati va konferensiya haqida qo’shimcha ma’lumotlar institutning rasmiy http://samgasi.uz saytida berilgan.