Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Parlament nazoratini kuchaytirishda OAV institutlari: davlat siyosatini amalga oshirishning ilmiy-siyosiy negizlari

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2014 yil 26 mart kuni “Parlament nazoratini kuchaytirishda OAV institutlari: davlat siyosatini amalga oshirishning ilmiy-siyosiy negizlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazilishini ma’lum qiladi.

          O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzalarida qayd qilingan “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi – Senat hamda quyi – Qonunchilik palatasining rolini yanada kengaytirish to’g’risida” gi konseptual qarashlaridan kelib chiqqan holda parlament nazoratini kuchaytirish bo’yicha davlat siyosatining ilmiy asoslarini OAV institutlari bilan bog’liq holda tadbiq etish mazkur konferensiyaning maqsadi hisoblanadi.

         Anjumanda qatnashish uchun barcha oliy o’quv o’quv yurtlarining katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilar, talabalar hamda professor-o’qituvchilar taklif etadilar.

         Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalar muhokamaga qo’yish nazarda tutilgan:

  • O’zbekistonda parlamentarizm va OAV: o’zaro munosabatlarning yangi bosqichi;
  • Parlamentarizm doirasidagi nazariy tadqiqotlarning dolzarb muammolari;
  • Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati munosabatlarida o’zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlashda OAV funksiyalari;
  • Parlament jurnalistikasining dolzarb masalalari;
  • Parlament nazoratini kuchaytirishda Internet medianing yangi imkoniyatlari;
  • Parlament nazoratini kuchaytirishda OAV institutlarini rivojlantirish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari;
  • OAV institutlarini rivojlantirish bilan bog’liq parlament faoliyati;
  • Parlament nazorati va siyosiy partiyalararo raqobat: o’zaro uyg’unlikni ta’minlashga yo’naltirilgan siyosiy nashrlar tizimini modernizasiyalashtirish masalalari;
  • Parlament nazoratini kuchaytirish va OAV: xorijiy tajriba va amaliyotini tadqiq etish.

Maqolalar o’zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Ular to’plam holida chop etiladi. Anjuman tashkiliy qo’mitasi maqolalarni saralashni o’z zimmasiga oladi. Ko’rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqolalar chop qilinmaydigan hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjumanda materiallarini rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar.

  • Maqolalar qog’oz va elektron nusxada qabul qilinadi.
  • Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3 bet hajmdan kam bo’lmasligi, A-4 hajmdagi qog’ozda, 14 kegel kattaligida, 1 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o’ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim.
  • Maqolalarning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Bitta bo’sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko’rsatiladi. Ikkita bo’sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kiritiladi. Matnda ko’rsatilgan faktlarning to’griligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar. Maqolada limiy rahbarning uni chop etishga roziligini tasdiqlovchi imzosi bo’lishi shart. Mualliflar tashkiliy xarajatlar hamda to’plamini nashrga tayyorlash va chop etish uchun maqola tezisini har bitta 5 ming so’m to’lashlari lozim.
  • Fayl nomi muallif familiyasi bilan nomlanishi kerak.
  • Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida Microsoft Office standart programmalarini qo’llash tavsiya etiladi.

Anjuman ishida ishtirok etish shartlari:

Anjumanda ishtirok etish uchun shu’ba nomi ko’rsatilgan holda maqola matnini 2014 yil 1 martgacha quyidagi manzilga yuborishingiz so’raladi:

       O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti.

       Tashkiliy qo’mita manzili: Toshkent shahri, Muqimiy ko’chasi, 104 uy. Tel: (+99871) 253-39-21, O’ZDJTU, Ijtimoiy fanlar kafedrasi.

       Ma’sullar: dos. Dilmurodov Ilxom, dos. Muitov Davron, o’qituvchi Agabayev Sharof