Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Pedagogik kadrlar tayyorlash: tarixiylik, zamonaviylik, istqbol” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligining 2015 yil 19 iyundagi “Toshkent davlat pedagogika universitetining 80 yilligini nishonlash to’g’risida”gi 219-sonli buyrug’iga asosan Toshkent davlat pedagogika universitetida 2015 yilning 29 sentyabr kuni “Pedagogik kadrlar tayyorlash: tarixiylik, zamonaviylik, istqbol” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o’tkazilishini ma’lum qilamiz.

Shu munosabat bilan mazkur anjuman to’g’risidagi ma’lumotlarni Siz raxbarlik kilayotgan oliy ta’lim muassasasidagi professor-o’qituvchi va mutaxassislar e’tiboriga yetkazishingiz so’raladi.

Murojaat uchun telefon: (371) 255-50-95, 252-68-56 (Toshkent davlat pedagogika universiteti).

Konferensiya tili: o’zbek, rus, ingliz.

Konferensiyada qatnashish uchun maqolalar 2015 yil 1 sentyabrgacha qabul qilinadi.

Konferensiya talabiga mos kelmagan maqolalar dasturga va materiallar to’plamiga kiritilmaydi, maqolalar mualliflarga kaytarilmaydi.

Konferensiya ishtirokchilariga sertifikat beriladi.

Tashkiliy qo’mita manziln: Toshkent    davlat pedagogika universiteti  Toshkent shaxri, Yusuf Xos Xojib ko’chasi 103-uy (indeks 100100).

Tel.: (998-71) 255-50-95, 252-68-56 faks: (998-71) 215-54-18.

Elektron pochta: tdpu80@inbox.uz