Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Oliy ta’lim sifati: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 14 avgustdagi “Respublika Oliy ta’lim muassasalarining reytingini baholash bo’yicha ishchi komissiyasini tuzish to’g’risida”gi Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida 2013 yil 13-14 dekabr kunlari Qo’qon davlat pedagogika institutida “Oliy ta’lim sifati: muammolar va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.

Konferensiyada muhokama qilinadigan yo’nalishlar:

1-shu’ba:      “Amaldagi DTS va o’quv rejalarini takomillashtirish yo’llari”.

2-shu’ba:      “Amaldagi darsliklar va ukuv qo’llanmalarini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari”.

3-shu’ba:      “Innovasion pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini oliy ta’lim jarayoniga joriy etish usullari”

Konferensiyaning rasmiy tillari: uzbek, rus, ingliz.

Konferensiyada o’qiladigan ma’ruza matnlari ilmiy-uslubiy maqolalar to’plami sifatida chop etilishi munosabati bilan quyida keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilgan holda 2013 yil 15 noyabrgacha qog’oz va elektron variantda tashkiliy qo’mitaga yetkazilishi zarur (xajmi 3-4bet):

1). ma’ruza matnining elektron varianti Times New Roman shriftida 14 kegel kattaligida rasmiylashtirilishi;

2). matnlar 1,5 intervalda, chapdan 3 sm, o’ngdan 2 sm, yuqori va pastdan 2,5 sm joy qoldirilgan holda bo’lishi;

3). maqolaning sarlavhasi, uning ostida muallif(lar)ning ismi sharifi va familiyasi, ilmiy darajasi, ish joyi, elektron manzili ko’rsatilgandan so’ng 1 interval tashlab matn keltiriladi;

4). maqolaning kaysi yo’nalishga mosligi ko’rsatilishi kerak;

5). belgilangan muddatdan (15.11.2013) kechikkan mavzular dasturga kiritilmaydi. Shuningdek, yuqoridagi yo’nalish va talablarga javob bermaydigan ma’ruzalar matni qabul qilinmaydi hamda izoxlanmaydi;

6). tashkiliy masalalar va to’plamni chop etish uchun har bir maqola uchun 20000 sum mikdorida badal puli mualliflar tomonidan oldindan to’lanishi zarur.

Manzilimiz: Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti

150700, Qo’qon sh., Turon ko’chasi, 23, telefon: 542-03-73(373-55),       E-mail: bek_dpi@mail.ru