Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Sharq tarjimashunosligi: tarixi, hozirgi kuni va kelajagi” mavzusida respublika oliy ta’lim muassasalari aro ilmiy-amaliy konferensiya

Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 24-yanvardagi 23-sonli buyrug’iga binoan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Sharq filologiyasi va falsafa fakultetida 2013-yil 30-noyabr kuni “Sharq tarjimashunosligi: tarixi, hozirgi kuni va kelajagi” mavzusida respublika oliy ta’lim muassasalari aro ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo’nalishida izlanish olib borayotgan professor-o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, soha mutaxassislarini konferensiyada quyidagi masalalar yuzasidan o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishga taklif etamiz.

  • badiiy tarjima muammolarini tadqiq qilish muammolari;
  • tarjimashunoslik tarixi va uni o’rganish masalalari;
  • o’zbek adabiyoti namunalarini sharq xalqlari tillariga tarjima qilishning dolzarb masalalari;
  • zamonaviy nasr tarjimasi muammolari;
  • she’riy asarlar tarjimasi va uslub masalalari;
  • XX asr ikkinchi yarmi tarjimachiligining rivojlanish tamoyillari;
  • sharq xalqlari adabiyoti va o’zbek adabiyotining sara asarlarini tarjima jarayonlari masalalari

Mazkur anjuman ToshDSHIda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ITD-1-144 “O’zbek adabiyoti namunalarini sharq tillariga tarjima qilishning nazariy va amaliy masalalari” mavuzidagi ilmiy- tadqiqot loyihasi doirasida tashkil etilmoqda.

Maqolalar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

5-6 bet hajmda, 1 intervalda, (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, o’ngdan 1,5 sm) kompyuterning Microsoft Word muharriri, Times New Roman dasturida 14 o’lchamli shriftda yozilishi; sarlavhalar bosh xarflarda, o’ngdan 3 intervaldan so’ng muallifning ismi va familiyasi to’liq, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish joyi (korxona, bo’lim, kafedra nomi) va egallagan lavozimi keltiriladi. Maqolalarda manbalarga havola (snoska) ko’rsatilishi shart.

Konferensiya maqolalari alohida kitob shaklida nashr qilinishi rejalashtirilgan.

Anjuman tili: o’zbek va rus tillari.

Maqolalar 2013-yilning 5-noyabriga qadar qog’oz va elektron shaklda tashkiliy qo’mitaga topshirilishi so’raladi.

Yuqoridagi talablarga javob bermagan va ko’rsatilgan muddatda taqdim etilmagan maqolalar to’plamga kiritilmaydi.

 

Manzil: Toshkent shahri, Shahrisabz ko’chasi, 25. ToshDSHI asosiy binosi. 7- qavat, Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi.

 

Murojaat uchun tel: dekanat: (99871) 236-15-54, +99890 9600623 Xayrulla Xamidov kaf. mudiri e-mail: nilushka83@valioo.com