Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 23 dekabrdagi 868-sonli farmoyishiga muvofiq O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 2014 yil 30 aprel kuni "Shaxs ma’naviyatining shakllanishida san’at va madaniyatning roli" mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-nazariy va amaliy konferensiya o’tkaziladi.

Anjumanda shaxs ma’naviy olamini shakllantirishda o’zbek san’ati va madaniyatining rolini kuchaytirish, ijodkor mahoratini yuksaltirish muammolarini ilmiy yechimini topish, shuningdek, badiiy ijod namunalarini tadqiq etish ko’zda tutilgan. Konferensiyada ko’tariladigan mavzularning hayotiyligi, dolzarbligiga alohida e’tibor qaratiladi, nazariy va amaliy xulosalar ilgari suriladi. Mazkur anjumanga ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borayotgan barcha professor-o’qituvchilar, soha mutaxassislari, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar va magistrlar taklif etiladi.

Anjumanda quyidagi sho’balarda ma’ruzalar tinglanadi.

  1. 1.  Shaxs ma’naviy olamini shakllantirishning asosiy mezonlari, uning
    nazariy asoslari;
  2. San’at va madaniyat sohasida zamonaviy qahramon obrazini yaratish
    masalalari;
  3. San’at va madaniyat sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash: muammolar,
    yechimlar;
  4. Kino, teatr va radio san’atidagi izlanishlar, san’atda tanqidchilik
    masalalari;
  5. Xalq ijodiyoti va milliy qo’shiqchilikdagi izlanishlar. Anjumanda
    ishtirok etish istagini bildirganlar 2014 yil 15 fevralga qadar quyidagi
    tartibda o’z maqolalarini O’zDSMI ilmiy bo’limiga (tel.230-28-03. E-mail@mail.ru  taqdim etishlari zarur:

-         Taqdim etilayotgan maqolalar 4-5 betgacha (qog’oz va elektron shaklda).

-         Ma’ruza matnlari MS Word-2007 dasturida, 14 shift, 1 intervalda puxta
tahrir qilingan holda tashkiliy qo’mitaga yuboriladi.

-         Matn standart bichimidagi A4 formatda, yuqori va pastdan 2,5 sm. o’ng
tomondan 1,5 sm, chap tomondan 3 sm rasmiylashtiriladi;

-         Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog’ozning o’rtasiga
(Ctrl+Ye) bilan joylashtirilib, ma’ruzachining ismi-sharifi hamda ish
joyi, lavozimi o’ng tomoga ( Ctrl +R bilan) keltiriladi, abzas 1,25 smda
ma’ruza matni qog’ozga to’liq ( Ctrl +J bilan) joylashtiriladi.

Eslatma:

Anjuman materiallari to’plam shaklida chop etiladi. Yuqoridagi talablarga rioya qilib yozilmagan, tahrir qilinmagan maqolalar nashr qilinmaydi. Maqolalarda berilgan ma’lumotlar, matn mazmunining to’g’riligiga mualliflar javobgardirlar. Maqolalarda manbalarga snozka ko’rsatilishi shart. Maqolaning har bir sahifasi uchun 7000 so’m to’lanadi.

Murojaat uchui manzil:

Mirzo Ulug’bek tumani "Yalang’och" dahasi, 127-A-uy.

O’zDSMI rektorat binosi, 2-qavat, ilmiy-tadqiqot bo’limi.

G.Nazrullayev, M.Raxmatova (mohigul.raxmatova@mail.ru )

Tel: 8(371) 230-28-03, 230-28-14