Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Sog’lom bola – yurt tayanchi

Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Namangan muxandislik texnologiya instituti Sizni 1-iyun Xalqaro bolalar kuniga hamda “Sog’lom bola yili”ga bag’ishlangan 2014 yil 10 iyun kuni “Sog’lom bola – yurt tayanchi” mavzusiga bag’ishlangan Respublika ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi. 

Konferensiya quyidagi sho’balar bo’yicha maqolalar qabul qiladi:

  •  Globallashuv sharoitida sog’lom avlod tarbiyasining xususiyatlari.
  •  Barkamol avlod tarbiyasining milliy, tarixiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.
  •  Oila, mahalla va ta’lim tizimining “Sog’lom bola” tarbiyasidagi hamkorlik mexanizmi.
  •  Sog’lom bolani voyaga yetkazishda sportning ahamiyati.
  •  Yoshlarga oid davlat siyosatining nazariy va amaliy ahamiyati.
  •  Davlat va nodavlat tashkilotlarining sog’lom avlod shakllanishidagi o’rni. 

Konferensiyaga taqdim etilayotgan maqolalar quyidagi tartibda tayyorlanishi lozim: Microsoft Word, matn hajmi 4 betgacha, Times New Roman, matn maydoni – yuqori va pastdan  2 sm, chapdan  3 sm, o’ngdan - 1,5 sm, qatorlar oralig’i – 1,5 interval, harflar 14 shriftda bo’lishi lozim. Yuqoridan bosh harflar bilan maqola mavzusi yoziladi, bir intervaldan so’ng muallifning ism sharifi, oliy o’quv yurti nomi va lavozimi to’liq  yoziladi, bir interval tashlanib matn beriladi. Maqolalar 2014 yil 31 maygacha elektron va qog’oz variantda topshirilishi lozim.

Konferensiyaga qabul qilingan maqolalar ilmiy taxririyat guruhi tavsiyasiga binoan ilmiy to’plam shaklida mualliflar mablag’lari hisobidan nashr etiladi. Nashr badal puli bir sahifasi uchun 5000 so’m.

Nashr badalini to’lash uchun hisob raqami:

O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi XKKM MB Toshkent shahri

Bosh boshqarmasi 23 402 000 000 100 001 009 MFO 000014 INN: 201122919

shxr 400 110 860 144 01 7950 100 079 003

OKONX: 92110 INN: 200055908 Indeks 160115. tel/faks: 232-53-27

To’lov maqsadi: NamMTI 2014 yil 10 iyun kuni “Sog’lom bola – yurt tayanchi” mavzusiga bag’ishlangan Respublika ilmiy-nazariy, uslubiy-amaliy konferensiyasidagi topshirilgan maqola uchun

Manzil:

1. Namangan shahar, Kosonsoy ko’chasi 7 uy, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi, katta o’qituvchi O.Yuldashev (+99891-178-99-77). e-mail:aspirant220506@mail.ru

2. Toshkent shahri, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi, O’zMU katta ilmiy xodim-izlanuvchisi Jaloliddin Yusubov. (90-324-20-32) e-mail: jaloliddin_manaviyat@mail.ru

Buyurtmanoma

 

“Sog’lom bola – yurt tayanchi”  Respublika ilmiy-amaliy

anjumani ishtirokchisi uchun

 

Shaxsiy ma’lumotlar

Familiyasi

 

Ismi

 

Otasining ismi

 

Ish joyi

(to’liq ko’rsatilsin)

 

 

 

Lavozimi

 

Ilmiy darajasi

 

Ilmiy unvoni

 

 

 

Ilmiy-amaliy anjuman yo’nalishlar: (tegishli yo’nalishlardan biri belgilansin)

Globallashuv sharoitida sog’lom avlod tarbiyasining xususiyatlari.

Barkamol avlod tarbiyasining milliy, tarixiy, huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslari.

Oila, mahalla va ta’lim tizimining “Sog’lom bola” tarbiyasidagi hamkorlik mexanizmi.

Sog’lom bolani voyaga yetkazishda sportning ahamiyati.

Yoshlarga oid davlat siyosatining nazariy va amaliy ahamiyati.

Davlat va nodavlat tashkilotlarining sog’lom avlod shakllanishidagi o’rni.

 

Ma’ruza mavzusi:

 

Telefon:

E-mail:

 

 

Qo’shimcha ma’lumotlari  ___________________________________________________

________________________________________________________________________

________________________________________________________________________

______________________________________________________________________