Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarjimaning lirgvo-kognitiv,kommunikativ-pragmatik va lingvokulьturologik aspektlari

2015 yilning 5-6 dekabr kunlari Bobur nomidagi Andijon Davlat universititeti xorijiy tillar fakulьtetida “Tarjimaning lirgvo-kognitiv,kommunikativ-pragmatik va lingvokulьturologik aspektlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘’balar tashkil qilinishi ko‘zda tutilmoqda:
1.Zamonaviy tarjimashunoslik va tarjimaning dolzarb muammolari
2.Qiyosiy-chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb muammolari
3.Tarjimaning lingvokonitiv aspekti
4.Tarjimaning kommunikativ-prgmatik aspekti
5.Tarjimaning lingvokulьturologik aspekti
6.Tarjimaning stilistik aspekti
7.Tarjimaning lingvodidaktik aspekti
8.Glaballashuv jarayonida sohaviy tarjimaning dolzarb muammolari
9.Nasriy va Nazmiy tarjima muammolari
10.Kopiьyuter lingvistikasi va tarjimasi muammolari
11.Dublyaj tarjimasi muammolari
Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etishni xoxlovchilar 3-5 sahifadan kam bo‘lmagan hajmdagi ma’ruzalar matnlarini maqola yoki tezislar sifatida ko‘rsatilgan talablar darajasida rasmiylashtirib, ularning elektron va qog‘oz nusxasini 2015 yil 1 noyabrgacha quyidagi manzilga yuborishlari so‘raladi:
710011,Andijon Davlat universitetei xorijiy tillar fakulьteti, Andijon shahri, Bobur shohko‘chasi,5 uy
Tel:(+99874)224-75-01
Uyali telefonlar:
(+99890)498-29-57 Qoraboev Jasurbek
(+99891)528-18-81 Hoshimov G‘anijon
e-mail:ikramjon@mail.ru
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirish talablari:
1.Muallif familyasi, ismi sharifi, ilmiy darajasi va unvon, ish joyi sarlavhadan oldin o‘ng tomonga yoziladi;
2.Matn 1,5 intervalda chapdan 3 sm, yuqoridan 2,5 sm, quyidan 2 sm, o‘ng tomondan 2 sm, kompьyuterning Mikrosoft Word muharriri, Times New Roman 14 shiriftida yozilgan bo‘lishi lozim ;
3.Matn oxirida adabiyotlar ro‘yxati va muallifning manzili, elektron pochtasi, telefon raqamlari ilova qilinishi kerak;
4.Ma’ruza matniningtahriri va nashrga tayorlash uchun bir sahifaga 9 ming so‘mdan to‘lov qilinad:

Arjumanning ishchi tillari: o‘zbek, ingliz, nemis, frantsuz va rus tillari.

Tashkiliy qo‘mita