Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Umum ta’lim maktablarida psixologik-pedagogik xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish, uzluksiz kasb-hunarga yo’naltirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani

O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazida 2013 yil 10-11 dekabr kunlari “Umum ta’lim maktablarida psixologik-pedagogik xizmat ko’rsatish samaradorligini oshirish, uzluksiz kasb-hunarga yo’naltirish istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkaziladi.

Ushbu anjumanda katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilari, mustaqil izlanuvchilar va pedagogik jamoa a’zolarining ishtirok etishlari tavsiya etiladi.

Anjumanga maqolalar joriy yilning 20 noyabr kuniga qadar Markazning tashxis_2012@inbox.uz, 11121620@mail.ru elektron manzillari orqali qabul qilinadi.

Maqola matning hajmi 3-4 bet, Word dasturining Times New Roman shriftida, shriftlar kattaligi 14 bo’lgan, matn 1,5 interval oralig’ida, chapdan 30 mm, o’ngdan 15 mm, yuqori va pastki qismlari 20 mmdan joy qoldirilgan holatda bo’lishi kerak.

Maqolani tayyorlashda o’rtada maqolaning mavzusi, ikki qator pastdan muallifning ismi, otasining ismini bosh xarflari va familiyasi, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyining to’liq nomi ko’rsatilgandan so’ng 1 interval tashlab yangi xat boshidan matn keltiriladi.

Tayyorlangan maqolaning matni orfografik, stilistik, ilmiy va texnik tomondai taxrirlangan bo’lishi kerak.

Barcha talablarga javob bergan maqolalar matni anjuman materiallari to’plamiga kiritiladi va mualliflar ilmiy-amaliy anjumanga ishtirok etish uchun taklif etiladi.

To’plamga kirmay qolgan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi.

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar 250-12-91, 250-35-80