Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirishda xorijiy tajribani qo’llash

Respublika ilmiy – amaliy  anjumanning

 

 

 

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

22 sentyabr 2014 yil

 

Chop etiladigan ilmiy maqolalar va dokladlarga talablar

 

Ilmiy maqolalar hajmi 6 betdan va dokladlar 3 betdan oshmasligi kerak, Word redaktorida, format RTF, shrift Times New Roman, shrift o’lchami – 14, interval – birlik. A4 formatda: yuqori va quyi -   2 sm., chap tomondan – 2 sm., o’ng tomondan – 2sm. 

Abzasdagi  chetlov - 1 sm,

Tezislar qog’ozda va elektron nus’hada topshiriladi.

Tezislar materiallarini : e-mail pochtadan  yuborilsa bo’ladi: serviskafedra@mail.ru

Tezislar tuzilishi: muallif ismi, sharifi, otasining ismi (to’liq), ilmiy unvoni, mansabi, oliy o’kuv  yurti yoki tashkilot nomi-birinchi betning yuqori o’ng tomonida, doklad nomi o’rtada (j shrift bilan), asosiy tekst, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Bir betning narxi 10 000 sum, naqt yoki pul o’tkazish o’yli bilan to’lash mumkin.

Maqolalar muallifning ilmiy ishi natijalari yuzasidan bo’lishi lozim.

Maqolalar mazmuni  nazariy-metodologik va uslubiy jihatdan puxta va anjuman mavzusiga mos kelgan taqdirda chop etiladi.

Anjuman o’zbek, rus va ingliz tillarda olib boriladi.

Maqolalar 2014 yilning 15 sentyabrga qadar qabul qilinadi.

 

Anjuman asosiy yo’nalishlari:

 

1-sho’ba. Ichki turizmni rivojlantirishda xorij tajribasi

2-sho’ba.O’zbekiston turizm sohasining bugungi holatining tahlili

3-sho’ba. O’zbekistonda ichki turizmni rivojlantirish

4-sho’ba.Turistik ta’lim: xalqaro hamkorlikning imkoniyatlari

5-sho’ba. Xalqaro standartlarni turistik va mehmonxona xizmatlarida qo’llash

Manzilimiz: Toshkent sh., O’zbekiston shox ko’chasi 49, 100063. Toshkent davlat iqtisodiyot  universiteti, 7 korpus, 2 etaj “Servis” kafedrasi

e-mail:  serviskafedra@mail.ru

Tashkiliy qo’mita: O.X.Xamidov, tel.+998 71 239 28 08