Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

UNESCO stipendiyalari

UNESCO ishlari bo`yicha O`zbekiston Rerspublikasi Milliy komissiyasi va Rossiya hukumatining 2016 yil uchun qo`shma stipendiyalari tanlovini o`tqazilayotganligini ma`lum qilamiz.

Mazkur stipemdiyalarning asosiy maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqaror va qayta tiklanadigan manbalar sohasida ilmiy tatqiqotlar olib borayotgan mutaxassislarning malakasini oshirihs. Tanlovda g`olib chiqqan nomzodlar 2016 yilning 3-28 oktyabr kunlari Rossiya Federatsiyasidagi Barqaror energiyani rivojlantirish xalqaro markazida (Moskva shahri, YUNESCOning 2- toifali markazi) quyidagi sohalar bo`yicha malaka oshirish imkoniyatiga ega bo`ladilar:

-         Energiya va barqaror rivojlanish;

-         Energiya manbalarini ekologik boshqaruvi;

-         Qayta tiklanadigan manbalar;

-         Barqaror va qayta tiklanadigan manbalardan elektr quvvatini ishlab chiqarish.

Tanlovda bakalavr darajasida ega bo`lgan, 35 yoshdan oshmagan, aqlan va jismonan sog`lom va ingliz tilida erkin so`zlasha oladigan nomzodlarnigina qatnasha oladilar.

Mazkur stipendiyaga tanlov ochiq tarzda o`tqaziladi. Stipendiyalar soni chegaralanmaganligi bois tanlovda ilmiy salohiyati bilan ajralib turadigan nomzodlar qatnashishi tavsiya etiladi.

UNESCO va Rossiya hukumatining 2016 yil uchun stipendiyalari tanlovi to`grisida ma`lumot, jumladan tanlov shartlari va to`ldirilishi lozim bo`lgan ariza varaqalari bo`yicha hamda nomzodlar hujjatlari UNESCO ishlari bo`yicha Milliy komissiya orqali UNESCO Bosh qarorgohiga taqdim etish lozim.