Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O’zbekiston agrosanoat majmuasini jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integrasiyalashuvining nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish

Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetining “Sanoat iqtisodiyoti” kafedrasi tomonidan 2014 yil 30 aprel kuni F-1-59-O’zbekiston agrosanoat majmuasini jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integrasiyalashuvining nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida “O’zbekiston agrosanoat majmuasining raqobatbardoshligini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumanini o’tkazish ko’zda tutilgan.

            Anjumanda quyidagi yo’nalishlardagi muammolar muhokama etiladi:

1. Qishloq xo’jaligini modernizasiyalash va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari.

Mas’ul: dos. T.I.Jo’rayev.

2. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoati tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari.

Mas’ul: dos. A.Yadgarov.

3. Agrosanoat majmuasining jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integrasiyalashuvi va tarmoqning eksport salohiyatini yuksaltirish masalalari.

Mas’ullar: prof. B.Salimov,    kat.o’qit. M.Yusupov.

4. Jahon agrar va oziq-ovqat bozorlariga integrasiyalashuv sharoitida mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash muammolari.

Mas’ullar: prof. B.Salimov, kat.o’qit. M.Yusupov.

           

Anjumanning mavzular to’plamini chop etish ko’zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2014 yilning 30 martgacha bo’lgan muddatda ilmiy maqola va tezislarni 2 nusxada chop etilgan va elektron shaklda quyida izohlangan rasmiylashtirish tartiblariga rioya etgan holda tahririyatga jo’natish lozim.

            Taqdim etilayotgan ilmy maqolalarni rasmiylashtirish tartibi:

  1. Taqdim etilayotgan ilmiy maqola MS Word 97-2003 yoki RTF formatida, Times New Roman shriftida, 14 hajm kattalikda, 1 intervalda yoziladi.
  2. Qog’oz hajmi A4 (210x297 mm), tepadan 2,0 sm pastdan 2,0 sm chapdan  2,0 sm o’ngdan 2,0 sm doirasida yoziladi. Maqolalar o’zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Maqolaning har sahifasi uchun naqd pul yo’li bilan 6000 so’m to’lanadi.
  3. Birinchi qatorda muallifning ismi-sharifi va otasining ismi, 2-qatorda muallifning ish joyi va lavozimi, 3-qatorda mavzuning nomi sahifaning o’rtasida bosh va qalin harflarda, 4-qatordan matn yoziladi.
  4. Yuqoridagi qo’yilgan talablarga javob bermaydigan va tahrir hay’ati ma’qullamagan maqolalar chop etilmaydi hamda qo’l yozmasi qaytarilmaydi.

 

Tashkiliy qo’mita: 100003, Toshkent sh., O’zbekiston shoh ko’chasi, 49. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti, 7-bino, 2-qavat, 206-xona.

Tezislarni yig’ish uchun mas’ullar: prof: B.T.Salimov  sot: (91) 134-19-50,   M.S.Yusupov sot: (94) 677-29-05     E-mail:  msyusupov@mail.ru