Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O’zbekistonda topinambur industriyasining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Integrasion innovasiya markazi  tomonidan 2014 yil 15 dekabrda “O’zbekistonda topinambur industriyasining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkaziladi.  

Ushbu anjuman ishida ishtirok etish uchun topinambur yetishtirish va undan innovasion mahsulotlar ishlab chiqarish masalalari bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot markazlarning xodimlari, oliy o’quv muassasalarining professor-o’qituvchilari, vazirlik va tashkilotlar xodimlari, fermerlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi korxona rahbarlari taklif etiladi.

Anjumanning maqsadi:

Anjumanning maqsadi olimlar, davlat idoralari, moliya institutlari, fermerlar va tadbirkorlarning kooperasion hamkorligi asosida topinambur industriyasini shakllantirish, uning  innovasion texnologiyalari, mahsulotlarini yaratish masalalari, shuningdek ushbu yo’nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, olimlar va mutaxassislarning ilmiy-amaliy natijalarini muhokama qilish asosida anjumanning yo’nalishi bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Anjumanning asosiy yo’nalishlari:

–  Topinambur o’simligini yetishtirish va uning agrotexnologiyasi;

–  Topinamburdan oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishda foydalanish;

–  Topinamburdan farmasevtika sanoatida foydalanish;

– Topinamburdan sellyuloza, bioetanol va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish;

–  Topinambur industriyasi iqtisodiyoti va tadbirkorligini rivojlantirish.

Anjumanda qatnashish uchun maqolalar va ma’ruza tezislari bosma va elektron shaklda tashkiliy qo’mitaga 2014 yil 10 dekabrga qadar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Ilmiy bo’limiga (rektorat binosi, 4 qavat) topshirilishi lozim (manzil: 100003, Toshkent shahri, O’zbekiston shoh ko’chasi 49).

Maqolalar va tezislar materiallarini quyidagi elektron manzilga ham yuborish mumkin: topinambur2014@mail.ru

Ilmiy maqolalar 6 betgacha va ma’ruza tezislari 3 betgacha hajmda o’zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim.

Maqola va tezislarga talab: Microsoft Word redaktorida Times New Roman 14 shriftida, A4 formatida, tepadan 2 sm, pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, o’ngdan 2 sm, oraliq intervali – 1,5 sm, abzas boshidagi oraliq – 1 sm, eniga formatlash tarzida to’ldirilishi zarur. Tezis birinchi betining o’ng qismida muallifning familiya, ismi, sharifi (to’liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, oliy o’quv yurti yoki tashkilotning nomi, maqolaning nomlanishi o’rtada katta harflarda ko’rsatilishi shart.

Havola va manbalar maqola va tezis betining pastki qismida bibliografik qoidalarga rioya qilgan holda keltiriladi: muallif, kitob yoki maqolaning nomi, joyi, nashr etilgan yili va beti.

Maqolalar muallifning ilmiy ishi natijalari yuzasidan va uning yangiligini ifodalovchi bo’lishi lozim.

Maqolalar va tezislar mazmuni anjuman talablariga mos kelgan taqdirda tashkiliy qo’mitaning qaroriga binoan tanlov asosida chop etiladi. Ilmiy-amaliy anjuman materiallarini chop etish uchun har bir betiga 7000 so’m belgilangan.

Anjumanning ish tillari: o’zbek, rus va ingliz.

Murojaat uchun telefonlar:

Tel.:     (99871) 232-61-77 – TDIU, Ilmiy bo’lim.

              (99890) 981-16-52 – mas’ul shaxs Almuradov Abdulla.