Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Uzluksiz ta’lim tizimida chet tilidan yangi DTSlarni joriy etish usullari

2014 yilning 16-17 may kunlari “Uzluksiz ta’lim tizimida chet tilidan yangi DTSlarni joriy etish usullari” mavzusida IV Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkaziladi va konferensiya materiallari ilmiy-uslubiy maqolalar to’plam sifatida nashr ettiriladi.

Konferensiya tashkilotchilari: Uzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti.

Anjumanning rasmiy tillari: o’zbek, rus, ingliz, nemis, fransuz.

I.   Shu’ba: “Maktabgacha ta’lim”.

II. Shu’ba: “Umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashkari ta’lim”.

III. Shu’ba: “O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi”.

IV. Shu’ba: “Oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim”.

V. Shu’ba: “Qayta tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish”.

Maqolalarni rasmiylashtirishga doir talablar:

  1. Maqola matni (4 betgacha) 1 intervalda, A4 formatli qog’ozda, chapdan 3 sm, o’ngdan 2 sm., yuqori va pastdan 2,5 sm. joy qoldirilishi, kompyuterning Microsoft Word matn muxariri Times New Roman shriftida o’zbek, rus, lotin grafikalarida 14 shrift kattalikda tayyorlangan bo’lishi shart.
  2. Maqolaning sarlavxdsi, uning ostida mualliflarning ism sharifi va familiyasi, ish va o’kish joyi ko’rsatilgandan so’ng bir interval tashlab matn boshlanadi.
  3. Ma’ruza matnlari 2014 yilning 1 mayiga qadar yozma va elektron variantda tashkiliy qo’mitaga topshiriladi.
  4. Maqolani chop ettirish uchun mualliflar xar bir sahifa uchun 7000 sum miqdorida badal puli to’lashlari zarur.

Asos: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tug’risida”gi PK-1875-sonli Qarori.

2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar buyicha davlat ta’lim standartlarini tasdiklash tug’risida”gi 124-sonli qarori.

Manzil: Muqimiy nomidagi Qo’qon davlat pedagogika instituti 713000, Qo’qon sh., Turon kuchasi, №23, telefon: (8 373-54) 2-38-38,
E-mail. jurabek0932@mail.ru
di.odilbek@inbox. ru