Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillari predmetlarini axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitishning ilmiy-uslubiy muammolari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi 56-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2015 yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar reja”si va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2015 yilda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 51-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida 2015 yil 17 noyabrь kuni “Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillari predmetlarini axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida o‘qitishning ilmiy-uslubiy muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi.
Anjuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi sektsiyalar faoliyati rejalashtirilgan:
Roman-german tillari predmetlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘qitishning pedagogik jihatlari.
Sharq tillari predmetlaridan virtual resurslar yaratishning ilmiy–nazariy asoslari.
Ingliz tili predmetlarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida chet tillaridan virtual resurslar yaratish metodikasi.
Anjuman tillari: o‘zbek tili va boshqa xorijiy tillar.
Anjuman ishtirokchilari maqolalarida sektsiya va maqola mavzusi, maqolaning qisqacha annotatsiyasi, muallif (ismi, sharifi, va elektron manzili) haqida ma’lumot berishlari kerak.
Anjumanga maqolalarni quyidagi tartibda taqdim etilishi so‘raladi:
Ma’ruza materiallari MS WORD Times New Roman (14) shriftida rasmiylashtiriladi. Qog‘oz o‘lchovi A4 (210-297) Yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirish kerak. Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning o‘rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorda ma’ruzachining ismi familiyasi va ish joyi yoziladi. Qator orasidagi interval 1,5 bo‘lsin. Ma’ruza materiallari tahrirdan o‘tgandan so‘ng chop etilishi ko‘zda tutilgan (tahrir ma’ruzachi zimmasida). Ma’ruza qog‘oz va elektron shaklda topshirilishi lozim.
Anjumanda ishtirok etuvchilardan 2015 yilning 15 oktyabriga qadar maqolalarni taqdim etishlari so‘raladi.
Anjuman va maqolalarga oid savollar bo‘yicha anjuman qo‘mitasiga murojaat etishingiz mumkin.
Manzil: Samarqand shahri Bo‘stonsaroy №93
Telefonlar: (366) 233-78-43, 233-78-73
(+99890) 2764707
 e-mail:  ak-adkham@mail.ru; konferens@umail.uz;

Tashkiliy qo‘mita