Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Uzluksiz ta’lim tizimida Chet tillari predmetlarini axborot kommunikasion texnologiyalar asosida o’qitishning ilmiy-usluiy muammolari

Uzluksiz ta’lim tizimida сhet tillari predmetlarini axborot- kommunikasion texnologiyalar asosida o’qitishning ilmiy-uslubiy muammolari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 fevraldagi  56-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2015  yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar reja”si va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 16 fevraldagi “Vazirlik tizimidagi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida 2015 yilda o’tkaziladigan ilmiy anjumanlar rejasini tasdiqlash to’g’risida”gi 51-sonli buyrug’ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida  2015 yil 17 noyabr kuni   “Uzluksiz ta’lim tizimida chet tillari predmetlarini axborot-kommunikasion texnologiyalar asosida o’qitishning ilmiy-uslubiy muammolari”mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkaziladi.

Anjuman O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda o’tkaziladi.

Anjuman doirasida yalpi majlis va quyidagi seksiyalar faoliyati rejalashtirilgan: 

  • Roman-german tillari predmetlarini axborot-kommunikasion texnologiyalar asosida o’qitishning pedagogik jihatlari.
  • Sharq tillari predmetlaridan virtual resurslar yaratishning ilmiy –nazariy asoslari.
  • Ingliz tili predmetlarini o’qitishda innovasion texnologiyalardan foydalanish.
  • Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarida chet tillaridan virtual resurslar yaratish metodikasi.

Anjuman tillari: o’zbek tili va boshqa xorijiy tillar.

Anjuman ishtirokchilari maqolalarida seksiya va maqola mavzusi, maqolaning qisqacha annotasiyasi, muallif (ismi, sharifi, va elektron manzili) haqida ma’lumot berishlari kerak.

Anjumanga maqolalarni quyidagi tartibda taqdim etilishi so’raladi:

Ma’ruza materiallari MS WORD Times New Roman (14) shriftida rasmiylashtiriladi. Qog’oz o’lchovi A4 (210-297)Yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, chapdan 3 sm, o’ngdan 1,5 sm joy qoldirish kerak. Mavzuning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog’ozning o’rtasiga avtomatik tarzda keltirib yoziladi, keyingi qatorda ma’ruzachining ismi familiyasi va ish joyi yoziladi. Qator orasidagi interval 1,5 bo’lsin.Ma’ruza materiallari tahrirdan o’tgandan so’ng chop etilishi ko’zda tutilgan (tahrir ma’ruzachi zimmasida).Ma’ruza qog’oz va elektron shaklda topshirilishi lozim.

·Anjumanda ishtirok etuvchilardan 2015 yilning 15 oktyabriga qadar maqolalarni taqdim etishlari so’raladi. 

Anjuman va maqolalarga oid savollar bo’yicha anjuman qo’mitasiga murojaat etishingiz mumkin.

Manzil: Samarqand shahri Bo’stonsaroy №93

Telefonlar: (366) 233-78-43, 233-78-73

(+99891) 6037100, +902764707

 e-mail: konferens-2015@mail.ru;  konferens@umail.uz;

Tashkiliy qo’mita