Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xalqaro talablar darajasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish va natijalarini rasmiylashtirish metodikasi

Hurmatli ilmiy tadqiqotchilar doktorantlar, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar! 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste’dod” Jamg’armasi tomonidan Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi, O’zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi, O’zbekiston Respubdlikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestasiya Komissiyasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamkorligida 2015 yilning  26-31 yanvar kunlari respublika ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan doktorantlar, ilmiy tadqiqotchi-izlanuvchilar uchun “Xalqaro talablar darajasida ilmiy tadqiqotlarni olib borish va natijalarini rasmiylashtirish metodikasi” mavzusidagi seminar-trening o’tkazilishi rejalashtirilgan. 

Seminar-treningni Buyuk Britaniyalik nufuzli professor-ekspert va trenerlari – Yevropa komissiyasi Ilmiy tadqiqotlar va innovasiyalar Bosh boshqarmasi konsultanti Martin Penniva “Researcher Connect” global dasturlari yetakchi uslubchisi, master-treneri Djo Chafferolib borishlari ko’zda tutilgan.

Shu munosabat bilan sizlardan ushbu seminar-treningda qatnashish uchun ilovalardagi vazifalarni ingliz tilida bajarishingizni so’raymiz. 

Ilovalar

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun:
Institut Xalqaro aloqalar bo’limi,
Ilmiy bo’lim yoki  
"Iste’dod" Jamg’armasi (Zuxra Madreimova)
tel: (99871) 232 60 18