Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yosh olimlarning an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 1 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi PQ-2198-sonli qarori ijrosini ta’minlashga oid chora-tadbirlar rejasining 1.19-bandiga muvofiq joriy yilning 25 sentyabr kuni mustaqillikning 23 yilligiga bag‘ishlab Yosh olimlarning an’anaviy respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirildi.

Ushbu konferensiyaga joriy yilning 5 sentyabriga qadar yosh olimlar va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning tezislarini ilovaga muvofiq tayyorlab, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Yosh olimlar kengashiga hamda konferensiya ishtrokchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vazirlikning Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (nauka@edu.uz)ga taqdim etilishini ta’minlashingiz so‘raladi.

Ilovada: 1 bet

Ilmiy tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tel: 246-01-87