Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iqtidorli talabalar uchun tashkil etiladigan media oromgoh ishtirokchisi bo’ling!

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 30 apreldagi 62-sonli majlisi bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-21 sentyabr kunlari Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Bo’ston” sanatoriysida yozgi media oromgoh tashkil etiladi.

         “Kamolot” YoIH tomonidan “Eng yaxshi talabalar sayti”, “Eng yaxshi talabalar blogi” tanlovlari o’tkaziladi.

         Veb texnologiyalar sohasida dasturlash qobiliyatiga ega bo’lgan va shu sohaga qiziquvchan iqtidorli talabalar uchun treninglar va master-klasslar tashkil etiladi.

         Iqtidorli talabalarni saralash viloyat bosqichi 2015 yilning 27-30 may kunlari bo’lib o’tadi. Saralab olingan iqtidorli talabalar tashkil etiladigan yozgi oromgoh ishtirokchisiga aylanadi.

Shu munosabat bilan ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan iqtidorli talabalar “Axborot texnologiyalar” kafedrasiga murojaat qilishlari mumkin.

Biz bilan aloqa: e-mail: amonov@samdchti.uz; ak-adkham@umail.uz