Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ziyokor jurnaliga obuna davom etmoqda

            O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi muassisligida chop etilayotgan “Ziyokor” jurnali ta’lim sifatini oshirish, tizimga yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohadagi o’zgarishlar va yangiliklarni yoritish bilan viloyatimizning umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilariga yaqindan ko’mak berib kelmoqda. Jurnalning deyarli har bir sonida SamDChTI professor-o’qituvchilari, magistrantlarining ilmiy-uslubiy, ta’limning dolzarb muammolariga bag’ishlangan maqolalari berib borilayapti. Shu bois jurnal muxlislari orasida mazkur oliy dargohda mehnat qilayotgan pedagoglarning salmog’I yil sayin ortib bormoqda.

            2014-yilda jurnalni ham mazmunan, ham shaklan boyitishni, sahifalarida institut pedagog olimlari, tadqiqotchi-izlanuvchilarining mamlakatimiz ta’lim tizimi taraqqiyotiga xizmat qiladigan, Yurtboshimizning “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari  to’g’risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan materiallar, maqolalar va ishlanmalar berib borishni rejalashtirmoqda.