Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Erishilgan ilmiy natijalar

Samarqand davlat chet tillar institutida hozirgi paytda mavjud bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha 2294 nafar talaba, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 129 nafar magistr va 15 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi tahsil olmoqda.

Joriy yilda SamDCHTI professor-o‘qituvchilari ilmiy salohiyatini oshirish va yoshlarni ilmiy-tadqiqotga jalb qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda SamDCHTIda 14 ta kafedra mavjud bo‘lib, professor-o‘qituvchilarning soni 274 nafarni tashkil qilmoqda, shundan fan doktorlari 14 nafarni, fan nomzodlari esa 61 nafarni tashkil etib, institut bo‘yicha faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati 27,3% ni tashkil etadi.

2016 institutimizda 1 ta xalqaro, 4 ta Respublika ilmiy–amaliy hamda 2 ta institut miqyosida anjumanlar o‘tkazildi.

2016 yil 2-3 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan “XXI asr-intellektual avlod asri” hududiy anjumanida institutmiz 3 bosqich KIXIsi N.Nasrullaeva faxrli 1 o‘rinni, o‘qituvchi U.Hakimova faxrli 2 o‘rinni egalladi hamda 2016 yil 23-24 noyabr kunlari SamDUda bo‘lib o‘tadigan respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Institutda indekslar ma’lumotlari bo‘yicha oliy o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan materillariga 101 marta murojaat etilgan, ya’ni iqtiboslar mavjud.

Institutimiz veb-sayti Respublikamizdagi Oliy ta’lim muassasalari saytlarining tahliliy natijalari bo‘yicha 5-o‘rinda kelmoqda.

Dunyo bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari reytingini aniqlovchi webometrics.info  internet saytidagi ma’lumotga asosan institutimiz Respublikamizdagi OTMlari orasida o‘n uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Institut iqtidorli talabalari Talabalarning Respublika fan olimpiadasida munosib ishtirok etib kelmoqda, jumladan, 2016 yil may oyida o‘tkazilgan Talabalar respublika fan olimpiadasining 2 bosqichida institutmizning 2 nafar talabasi faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Bundan tashqari joriy yilning 6-8 aprel kunlari Qozog‘iston Respublikasi Qarag‘anda davlat universitetida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Talabalar olimpiadasida “Nemis tili” bo‘yicha roman-german tillari fakulteti nemis tili yo‘nalishi 4 kurs talabalari Kazakov Turonbek faxrli 2 o‘rinni, Karimov Jasur faxrli 3 o‘rinni, “Xitoy tili” bo‘yicha tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti xitoy tili yo‘nalishi 4 kurs talabasi G‘aybullaev Jo‘rabek faxrli 2 o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Tarjima nazariyasi va amaliyoti faulteti Xitoy tili yo‘nalishi 3 kurs talabasi A.Mamayusupova Navoiy nomidagi davlat stipendiyasini qo‘lga kiritdi.

SamDCHTI tomonidan 2016 yil IX Innovatsion g‘oyalar, loyihalar va texnologiyalar YArmarkasining hududiy va Respublika bosqichlarida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan 13 ta ishlanmalar bilan ishtirok etib, ushbu ishlanmalar doirasida 48,5 mln so‘mlik shartnomalar imzolandi.

Institutda vaqtli matbuot nashri hisoblangan, “Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim” jurnalining barcha sonlari o‘z vaqtida chop etilmoqda. 2016 yilda mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlangan soni nashr qilinishi arafasida.

Markaziy Osiyo miqiyosida o‘tkazilgan yapon tili notiqlik san’ati konkursida institut 2 nafar ishtirok etishib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Chet tillarni o‘qitishning namunaviy o‘quv dasturlariga muvofiq darsliklarni takomillashtirish va yaratish reja-dasturini amalga oshirish uchun hozirgi zamon talablari asosida institut professor-o‘qituvchilar tomonidan 4 ta darslik, 7 ta o‘quv qo‘llanma, 800 dan ortiq ilmiy maqolalar, jumladan 276 ta xorijiy jurnallarda va 10 dan yaqin monografiyalar chop etildi.

Joriy yilda institut professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan 1 ta darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanmaga chop etish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining muvofiqlashtiruvchi kengashi grifini qo‘lga kiritdi.

Ingliz tili yo‘nalishidagi 11 ta yo‘nalishdagi kollej talabalari uchun ingliz tilidan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlandi hamda ushbu qo‘llanmalar bazasida 74 dan ortiq uslubiy tavsiyalar tayyorlanilib kollejlarda approbatsiyadan o‘tkazildi.

Joriy yilning 11 noyabr kuni 3 bosqich katta ilmiy xodim-izanuvchisi N.Z.Nasrullaeva Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016. Fil.09.01 raqamli Ilmiy Kengashda 10.00.04 – Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik bo‘yicha “Gendernaya konseptualizatsiya semantiki frazeologicheskix edinits angliyskogo yazыka” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoyasi bo‘lib o‘tdi.

2016 yil 30 noyabr kuni 3 bosqich mustaqil izlanuvchi M.M.Obloulova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 14.07.2016. Fil.09.01 raqamli ilmiy kengashda 10.00.04 – Evropa, Amerika, Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisoslik bo‘yicha “Funksionalnыy analiz nelichnыx form glagola v strukture predlojeniy angliyskogo yazыka” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoyasi bo‘lib o‘tdi.