Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“IBN SINO SALOMATLIK MASKANI” MA’RIFAT MARKAZI
    “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi institut huzurida sog’lom turmush tarzini olib borish yuzasidan malakali maslahat beruvchi markaz hisoblanadi. “Ibn Sino salomatlik maskani” ma’rifat markazi faoliyatining asosiy maqsadi ilm olayotgan yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi bo’yicha keng targ’ibot ishlarini olib borish asosida yoshlarda o’z sog’lig’ini saqlashga ongli va mas’uliyatlimunosabatda bo’lish hamda sog’lom turmush tarzi madaniyatiga yo’naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirishdan iborat.

Quyidagilar markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari va vazifalari hisoblanadi:
yoshlarni sog’lom turmush tarzi qoidalari bilan tanishtirish va ularga rioya qilishga o’rgatish;
zararli odatlardan voz kechish bo’yicha tavsiyalar berish;
sog’lom bo’lishga, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg’un kamol topishga yo’naltirilgan ko’nikma va malakalarni shakllantirish yuzasidan maslahatlar berish;
onalik va bolalikni muhofaza qilishga oid qonunlar to’g’risida tushunchalarni singdirish;
salomatlik madaniyatini shakllantirish va uni rag’batlantirish;
yoshlarning gigiyena sohasidagi bilimlarini oshirish, shaxsiy gigiyena qoidalarining ahamiyatini tushuntirish hamda unga rioya etish bo’yicha tavsiyalar berish;
giyohvandlikka, chekishga, yuqumli kasalliklar, shu jumladan sil kasalligi va VICh/OITS tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha ma’ruza, uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etish;
salomatlikni asrashning umuminsoniy va milliy an’analari, boy ma’naviy merosni chuqur o’rganish yuzasidan tanlovlar tashkil etish;
atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologiya normalariga rioya etish yuzasidan soha mutaxassislari bilan uchrashuvlar tashkil etish.

  • Ma’rifat markaziga sog’lom turmush tarzi hamda tibbiyot sohasi bo’yicha targ’ibot ishlarini olib borish malakasiga ega bo’lgan mas’ul xodim jamoatchilik asosida biriktiriladi. Mas’ul xodim professor-o’qituvchilar yoki institut tibbiyot xodimlari orasidan tanlab olinadi.
  • Markaz qoshida ma’naviyat targ’ibotchisi va sog’lom turmush tarzi yuzasidan yoshlarga malakali maslahat beruvchi kishilardan iborat ishchi guruh tashkil etiladi. Ularning ishiga mas’ul xodim bevosita rahbarlik qiladi, guruhning ish faoliyatini tashkil etadi va belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.
  • Mas’ul xodim markaz faoliyati bo’yicha maqsadli tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
  • Markaz Ibn Sino xalqaro jamg’armasi bilan bevosita va muntazam ishlar olib boradi.
  • Sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha ishlarni uyushtiradi hamda istiqbolda amalga oshiriladigan ishlar haqida institut rahbariyatiga takliflar beradi.
  • Markaz faoliyatiga sog’liqni saqlash tizimi xodimlari, tibbiyot sohasi olimlari, Ibn Sino jamg’armasi va uning joylardagi bo’linmalari vakillari jalb etiladi. Ular bilan talabalar o’rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etiladi.

2012 yil 9 sentyabr kuni SamDChTI Majlislar zalida “Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi raisi va Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri D.N.Alimdjanova, “Talaba” sport klub raisi S.B. Bekirov, ingiz filologiyasi 4 kurs talabalari. “Sog’lom turmush tarzi baxt mezoni” mavzuida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirni SamDChTI  Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi raisi D.N.Alimdjanova ochdilar. Salomatlik baxt mezoni mavzusida talabalarga ma’ruza qildi. Salomatlik bebaho ne’mat va bu ne’matni asrash barchangizning vazifangiz deya uqtirdi.
So’ng so’zni “Talaba” sport klub raisi S.B. Bekirovga berdilar.
Kirish so’zida “Talaba” sport klub raisi Bekirov talabalarning salomatligi va hayotiy davomida yashash jarayonida o’z shaxsiy gigiyenasiga ega bo’lishi lozimligi haqida ta’kidlab o’tdi,
Tadbirda talabalar bilan savol- javoblar o’tkazildi.
 

IMG_1274        IMG_1272

 

2012 yil 13 noyabr SamDChTI 5 auditoriya reproduktiv “Salomatlik” markazi xodimi vrach A.Q.Berdiyev, vrach Z.Azizova SamDChTI Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi  raisi va Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri D.N.Alimdjanova, kafedra kabinet mudiri L. Muratova, tarjimonlik fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Eshimova, Xotin-qizlar kengashi raisi Sh.Z.Fozilova, tarjima fakulteti  talabalari bilan “Biz sog’lom turmushni tanlaymiz” mavzuida tadbir o’tkazildi.
Tadbirni SamDChTI  “Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi raisi D.N.Alimdjanova ochdilar. U kishi tadbir qatnashchilarni tanishtirdilar va so’zni K. Berdiyevga berdilar.  Kirish so’zida “Kontraseptiv  vositalar haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida so’zladilar va nojo’ya homiladorlikni oldini olish chora–tadbirlarini to’g’risida to’xtadilar.
Keyingi masala bo’yicha SamDChTI Xotin–qizlar kengashi raisi  Fozilova Sh.Z so’zga chiqdilar va “O’smir qizlar gigiyenasi ”, mavzusi bo’yicha so’zladilar.
Keyingi masala bo’yicha SamDChTI Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi raisi va Jismoniy tarbiya kafedrasi mudiri D.N.Alimdjanova–Reproduktiv salomatlik mavzusi bo’yicha so’zga chiqdi.
Tadbirda talabalar bilan savol- javoblar o’tkazildi. Tadbirda aytigan mavzularga oid Slayd-prezentasiya ko’rsatildi.

IMG_2350

“Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi, SamDChTI Jismoniy tarbiya kafedrasi, va Ingliz filologiyasi dekanati bilan birgalikda 2012 yil 5 dekabr kuni “Sog’lom turmush tarzi va talabalarni salomatligi” mavzuida tadbir o’tkazildi. SamDChTI “Ibn SINO” salomatlik maskani ma’rifat markazi raisi D.N.Alimdjanova Salomatlik baxt mezoni mavzusida talabalarga ma’ruza qildi, talabalarning salomatligi va hayotiy davomida yashash jarayonida o’z shaxsiy gigiyenasiga ega bo’lishi lozimligi haqida ta’kidlab o’tdi.