Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi

Bo’lim institutda ilmiy – tadqiqot ishlarini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, tadqiqot natijalarini matlubot kooperasiyasining korxonalariga, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlariga va o’quv jarayoniga tadbiq qilishni jadallashtirish, ilmiy – pedagogik xodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish hamda institutning nashrlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida faoliyat ko’rsatadi.

Bo’limda 4 nafar xodim - bo’lim boshlig’i, ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi, iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha uslubchi, kotiba-ish yurituvchilar faoliyat yuritadilar.

Bo’limning tuzilishi (strukturasi):

Bo’lim tarkibida muammoviy va ilmiy laboratoriyalar, innovasion ta’lim markazi, va matbaa-nashr markazlari, katta ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchilik instituti, ilmiy tadqiqotchilik yo’nalishlari, professor-o’qituvchilar va talabalar ilmiy jamiyati, iqtidorli talabalar bilan ishlash yo’nalishlari faoliyat yuritadi.

 

IMG_7906

Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig’iTurobov Bekpulat Nusratullaevich

Bo’lim boshlig’i lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

Ilmiy bo’limboshlig’i institutda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish va nashr ishlariga rahbarlik qiladi: Shuningdek;

  • Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish;
  • Bo‘limning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
  • Bo‘lim maqsadidan kelib chiqib ta’lim muassasasida mutasaddi bo‘lgan bo‘g‘inlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib borish;
  • O‘quv muassasasi bilan korxona, tashkilot, xususiy korxona va firmalar o‘rtasida yo‘nalish bo‘yicha manfaatli hamkorlik shartnomalarini tuzish va ularni amalga oshirib borish.

Bilishi kerak:

Bo‘lim faoliyatiga tegishli qonunlar, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Vazirlikning Hay’at Qarorlari, buyruqlari, OTMsi rektori buyruqlarining mohiyatini bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va ko‘nikmalarga;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega bo‘lish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
  • Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

Bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.

Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisi: Boboqulova Shaxnoza

Ilmiy tadqiqot ishlari muhandisining lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

Faoliyatning asosiy yo’nalishi institut ilmiy kengashi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan holda hamda O’zR Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestasiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4456-sonli Farmoni, O’zR VMning 2012 yil 28 dekabrdagi 365-sonli qarori bilan “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limga qo’yiladigan davlat Talablari” hamda “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim to’g’risidagi Nizom”ga asosan katta ilmiy xodim izlanuvchilarning faoliyatini yo’lga qo’yish;

IMG_7882  

Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo‘yicha uslubchi: Tolliev Orif Odil o‘g‘li

Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha uslubchi lavozim vazifalari quyidagilardan iborat:

institut professor-o’qituvchilari, injener-texnik xodimlari va talabalarini ilmiy-tadqiqotlar o’tkazishni jadallashtirishga va mutaxassislar tayyorlashning sifatini oshirishga yordam beruvchi Vatan va chet el fan va texnika yutuqlari haqidagi axborotlar bilan ta’minlaydi. Ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallarini, o’quv yurtlararo tematik ilmiy ishlar to’plamlarini va boshqa ilmiy ishlarni chop qilishga tayyorlashda qatnashadi, talabalar ilmiy konfrensiyasini o’tkazishda qatnashadi va talabalar ilmiy ma’ruzalarini chop qilishga yaqindan yordam beradi. 

 IMG_7892

Kotiba-ish yurituvchi: Sadilloeva Toliba Baxrilloevna

Kotiba-ish yurituvchi lavozim vazifalari:

Yuqori organ va bo‘limlardan keladigan buyruq, farmoyish xatlarni qabul qilib olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilib o‘z boshlig‘iga etkazish;

Bo‘lim yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda tegishli bo‘limlarga etkazish;

Bo‘lim yoki kafedraga tegishli bo‘lgan hujjatlarni chop etish, ko‘paytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish;

Bo‘limga keluvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va murojaatnomalarni qabul qilish;

O‘zi ishlayotgan kafedra yoki bo‘limning sanitariya-gigiena holati va tozaligini saqlash.