Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Innovation g'oyalar va loyihalar

 IInnovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi

2016 yilning 11-13 may kunlari Toshkent shaxrida “IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada institut 6 ta ishlanma bilan ishtirok etdi. Institutimiz dotsenti F.SH. Ro‘ziqulovning “Ingliz tili predmetlari uchun virtual resurslar” ishlanmasi IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasining “Fan va ta’lim” sohasidagi eng yaxshi innovatsion ishlanma nominatsiyasi bilan taqdirlandi va 3 mln. so‘m miqdorda pul mukofati hamda 1 yil davomida internetdan bepul foydalanish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yarmarka doirasida 48,85 mln. so‘mlik shartnomalar imzolandi.

2017 yilda bo‘lib o‘tishi ko‘zlangan X Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida ishtirok etish uchun institut professor-o‘qituvchilar tomonidan 10 nomdagi ishlanmalar taklifi berildi.