Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutining nizomi

Umumiy qoidalar

     1. Samarqand davlat chet tillar instituti (keyingi o’rinlarda SamDChTI deb yuritiladi). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 8 noyabrdagi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 9 noyabrdagi 542-sonli qarori asosida tashkil qilingan va O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi.

     2. SamDChTI davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, oliy ta’limning asosiy ta’lim Dasturlarini bajarish bo’yicha ta’lim faoliyati bilan shug’ullanadi, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq o’quv-pedagogik va ilmiy-metodik, shuningdek boshqa faoliyatni amalga oshiradi hamda ta’lim xizmatlarini ko’rsatadi.

     3. SamDChTI o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va mazkur Ustavga amal qiladi.

     4. SamDChTI yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida o’ziga xos maxsus mol-mulkka ega va ushbu mol-mulk bo’yicha o’z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o’z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin.

     Mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa, shu jumladan valyuta bo’yicha hisob raqamlariga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o’z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega.

     SamDChTI joylashgan manzil: 140104, O’zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Bo’stonsaroy ko’chasi, 93 uy, tel. +998662337843, faks 99862100018, elektron manzil: ssifl_info@mail.ru, www.samdchti.uz Bank rekvizitlari: sh/h: 1000101840120507947003, sh/h: 4009101840195007930001, sh/h: 4001101840195007910001, sh/h: 1000101840120207902003, sh/h: 4002101840120507947001, sh/h: 4999101840195007990001, bank nomi Markaziy bank XKKM Toshkent shahar bosh Boshqarmasi, MFO 00014, STIRi 202001213, OKONX 92210.

     SamDChTIning o’zbek, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to’liq (qisqa) nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti, Самаркандский государственный институт иностранных языков, Samarkand state institute of foreign languages (SamDChTI, СамГИИЯ, SSIFL) deb yuritiladi.

faylni yuklab olish