Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

PATENT TALABLARI

 

      Ma’lumki, har qanday mamlakatning rivojlanganlik darajasi, undagi intellektual mulkning rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Shuning uchun, barcha mamlakatlar o’z intellektual mulklarini rivojlantirish borasida, ayniqsa uning davlatda va butun dunyoda himoyalanishiga katta e’tibor beradilar.

Bugungi kunda O’zbekiston ham o’zining rivojlangan intellektual mulk material bazasi keng ilmiy fondi, ilmiy ishlari dunyo miqyosida tan olingan yuqori malakaviy ilmiy kadrlari bilan Markaziy Osiyodagi katta salohiyatga ega bo’lgan ilmiy markaz hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-izlanish kompleksini jami sohalar profili bo’yicha 363 akademik, oliy ta’lim tashkilotlari tashkil topgan.

Ilmiy izlanishlarning umumiy tashkillantirilish va rivojlanishini umumiy boshqarilishi Oliy Majlis, uning fan, ta’lim, madaniyat va sport bo’yicha qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo’mitasi olib borsada intellektual mulk huquqiy muhofazasini O’zbekiston Patent idorasi olib boradi.

O’zbekiston Patent idorasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 14 iyundagi 209-sonli qaroriga asosan takshil etilgan bo’lib, shu qaror Bilan tasdiqlangan Nizom asosida ish yuritadi.

Patent idorasi sanoat mulkini, shu jumladan ixtirolarga, sanoat namunalariga, foydali modellarga, tovar belgilariga, xizmat ko’rsatish belgilariga va tovarlar kelib chiqishi joylarining nomlari (keyingi o’rinlarda – sanoat mulki obyektlariga) huquqlarni muhofaza qilish sohasida, shuningdek seleksiya yutuqlarini, elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni (keyingi o’rinlarda – EHM uchun dasturldar deb ataladi), ma’lumotlar bazalarini va integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish borasida yagona davlat siyosatini shakllantirish va ro’yobga chiqarishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Patent olish uchun talabnoma.

Patent olish uchun talabnoma, bu qonun-qoidaga binoan tuzilgan hujjatlar majmuasi hisoblanadi.

Talabnoma tarkibi. Qonunning 15-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma quyidagi hujjatlarni o’z ichiga olishi kerak:

a)       ixtiro muallifi (mualliflari) va nomiga patent berilishi so’ralayotgan shaxs (bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi), shuningdek ularning yashash turar joyi ko’rsatilib, patent berilishi so’ralgan ariza;

b)      ixtironing uni amalga oshirish uchun yetarli bo’lgan darajada to’liq bayon etilgan tavsifi;

v)   ixtiro mohiyatini aks ettiruvchi va uning tavsifiga to’la  muvofiq bo’lgan ixtiro formulasi;

g)   ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur bo’lsa, chizmalar va boshqa materiallar;

d)   referat.

Talabnomaga belgilangan miqdorda boj to’langanligini tasdiqlovchi hujjat yoki boj to’lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchu nasos bo’luvchi hujjat ilova qilinadi.

Patent vakili yoki boshqa ishonchli vakil orqali berilgan talabnomaga talabnoma beruvchi tomonidan berilgan ishonchnoma yoxud uning kerakli tarzda rasmiylashtirilgan nusxasi ilova qilinadi.

 

Patent idorasiga talabnomani topshirish tartibi

Patent berish haqidagi talabnomani topshirish. Patent berish haqidagi talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning huquqiy vorisi tomonidan Patent idorasiga topshiriladi.

Patent berish haqidagi talabnomalarga belgilangan miqdorda patent boji to’langanligini yoki patent boji to’lashdan ozod qilishning yoxud uning miqdori kamaytirilishining asoslarini tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

Patent berish haqidagi talabnoma hujjatlariga doir talablar Patent idorasi tomonidan belgilanadi.

Patent berish haqidagi talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali topshirilishi mumkin.

Talabnoma materiallari Patent idorasi talablariga binoan rasmiylashtirilishi kerak.

Patent idorasi tomonidan topshirilgan talabnomalarni ko’rish tartibi

Patent idorasiga kelib tushgan talabnoma materiallari, agar eng kamida o’zbek yoki rus tilida patent berish to’g’risdiagi ariza va belgilangan miqdorda patent boji to’langanini tasdiqlaydigan yoki miqdorda patent bojini to’lashdan ozod etish uchun yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjatdan iborat bo’lsa, ular kelib tushgan sanasi ko’rsatilgan holda ro’yxatga olinadi.

Talabnomaga Patent idorasining ro’yxat raqami beriladi.

Talabnoma beruvchi ro’yxat raqami va kelib tushgan sanasini ma’lum qilgan holda talabnoma materiallarida rasmiy ekspertizasini muddatdan ilgari boshlash haqidagi iltimosnoma bo’lsa, talabnoma beruvchi talabnoma hujjatlarining tarjimasi olinmagunga qadar rasmiy ekspertizani o’tkazish mumkin emasligi haqida xabardor qilinadi.

Ro’yxatdan  o’tkazilgan    talabnoma materiallari qaytarilmaydi.

Talabnoma materiallari Patent idorasiga kelib tushgandan patent berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar rasmiy nashrda chop etilgunga qadar konfidensial hisoblanadi va talabnoma beruvchining roziligisiz e’lon qilinishi mumkin emas.

Patent idorasi patent berishga talabnoma bo’yicha Qonunning 20-moddasiga muvofiq rasmiy ekspertiza va ixtiroga talabnomaning mohiyati bo’yicha ilmiy texnik ekspertizadan iborat bo’lgan davlat ekspertizasini o’tkazadi.

Qonunning 21-moddasiga muvofiq talabnomaning rasmiy ekspertizasi u Patent idorasiga kelib tushgan sanasidan ikki oy o’tgandan so’ng o’tkaziladi.

 

EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasini rasmiy ro’yxatdan o’tkazish uchun talabnoma.

Qonunning 9-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq talabnoma bitta EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasiga taalluqli bo’lishi lozim.

Talabnoma quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:

a)    EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasining muallifi (mualliflari) va nomiga ro’yxatdan o’tkazilish so’rayotgan shaxs
(bundan buyon matnda talabnoma beruvchi deb yuritiladi) hamda ularning yashash joylari yoki joylashgan manzili ko’rsatilgan
holda rasmiy ro’yxatdan o’tkazish uchun ariza;

b)         EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasini indentifikasiya qiladigan materiallar, referatni ham o’z ichiga olgan holda.

Talabnomaga patent bojini belgilangan miqdorda to’langanligini tasdiqlaydigan hujjat yoki patent bojini to’lashdan ozod qilish yoxud uning miqdorini kamaytirish uchun asoslarni tasdiqlaydigan hujjat ilova qilinadi.

EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasining referati quyidagi mua’lumotlarni o’z ichiga oladi:

a)    EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasining nomi
(arizada ko’rsatilganidek holda);

b)   EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasining vazifasi, qo’llanilish sohasi va funksional imkoniyatlari ochib berilgan annotasiya.  Annotasiyaning hajmi  700 ta belgidan oshmasligi lozim;

v)   ishlatiladigan EHMning tipii;

g)   dastur tili (EHM uchun dasturga);

d)       ma’lumotlar bazasini boshqarish turi va versiyasi
(ma’lumotlar bazasiga);

e)   operasiya tizimining turi va versiyasi;

j)      EHM uchun dastur yoki ma’lumotlar bazasining mashinada o’qiladigan shakldagi hajmi kilobaytlarda.

 

 Dasturiy mahsulotga Patent olish bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlarni  Innovatsion g'oyalar markazidan olish mumkin.