Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

KAMOLOT YOSHLAR IJTIMOIY HARAKATI

     Mamlakatimiz konstitutsiyasi va qonun hujjatlarida belgilangan kafolatlardan foydalanib, Vatanimiz istiqloli tufayli o’z taqdirimizni o’z qo’limiz bilan yaratish imkoniyati vujudga kelganini his etib, vatan taraqqiyoti,  yurt tinchligi, xalq farovonligi, mamlakat kelajagi bilimli, har tomonlama sog’lom va barkamol avlodga bo’gliq ekanini, bu borada avvallo yoshlarning o’z tashabbuslari bo’lishi zarurligini, xalqiga sadoqati, haq huquqini tanigan insonlar tarqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi ekanini nazarda tutib, yurtimizda amalga oshirilayotgan yangi hayot, yangi jamiyat qurish jarayonida faol ishtirok etish.
     Bu yo’lda g’ov bo’lib turgan, turli asoratlarga, loqaydlik, kabi ijtimoiy illatlarga qarshi kurashish zarurligini hisobga olib, yoshlarning yuksak orzu intilishlarini mujassamlashtirib, yosh avlodni, vatanga muhabbat,milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ularning hayotiy manfaatlari va ehtiyojlarini ifodalash va himoyalash maqsadida, o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat – notijorat tashkiloti – O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini tuzishga qaror qilindi. O’zbekiston Respublikasi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001-yil 25-aprelda tashkil topgan.
     "Kamolot" o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat-notijorat tashkilot:
     "Kamolot"ning Dasturi – Harakat Qurultoyida tasdiqlangan va uning asosiy maqsad va vazifalarini belgilaydigan hujjat;
     "Kamolot" Dasturi 5 ta bo’lim, 33 ta banddan iborat;
     "Kamolot"ning Nizomi 11 ta bo’lim, 38 ta banddan iborat;
     “Kamolot”ning Dasturi bo’limlari nomalari:

    • Siyosiy-huquqiy sohadagi vazifalar;
    • Ma’naviy – ma’rifiy sohadagi vazifalar;
    • Ijtimoiy – iqtisodiy sohadagi vazifalar;
    • Sport va ijtimoiy tarbiya sohasidagi vazifalar;
    • Xalqaro faoliyat sohasidagi vazifalar.

“Kamolot”ning asosiy maqsadi:

    • yoshlarni birlashtirish;
    • sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash;
    • yoshlarning manfaatlarini himoya qilsh;
    • yosh-yigit qizlarning o’z aql-zakovati, kuch-g’ayratini to’la namoyon etishi, jamiyatda munosib o’rin egallashlari uchun munosib shart-sharoit yaratib berish.

Harakat a’zoligiga:

    • uning dasturiy vazifa va maqsadlarini hamda Nizom talablarini tan oladigan, ularni amalga oshirish yo’lida faol harakat qiladigan;
    • Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, xalq farovonligi yo’lida mehnat qilish va kurashishni o’zi uchun e’tiqod deb biladigan;
    • O’qishda, mehnatda harbiy xizmatda, jamoatchilik ishlarida boshqalarga o’rnak bo’ladigan yoshlar qabul qilinadi.
    • Harakatga a’zo bo’lish jamoa asosida, tashkiliy jihatdan uyushgan guruhlar tarzida yoki yakka tartibda amalga oshiriladi;
    • “Kamolot”ga 14 yoshdan 28 yoshgacha a’zo bo’lishi mumkin;

Harakat a’zolarining huquqlari quyidagilardan iborat:

    • Harakatning barcha saylab qo’yiladigan organlariga nomzod ko’rsatish, saylash va saylanish;
    • Ularning faoliyati to’g’risida axborot olish, turli masalalar muhokamasida ishtirok etish va o’z fikrini bildirish;
    • Harakat tomonidan o’tkaziladigan tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish;
    • Tashkilotning yuqori organlariga murojaat qilish va himoya, ko’mak topishda ularga suyanish;
    • Harakat safidan ixtiyoriy ravishda chiqish;
    • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari va Harakatning Dastur va Nizomiga zid bo’lmagan holda boshqa davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish.

Harakat a’zosining asosiy burchi.

    • Harakat Dasturi va Nizomida Belgilangan Maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, ularni targ’ib qilishda faol ishtirok etishdir.
    • “Kamolot”ning boshlang’ich tashkiloti deb – o’quv muassasi, korxona, tashkilot  yoki mehnat jamoalaridagi 10 dan ortiq Harakat a’zolarining tuzgan tashkilotiga aytiladi. Boshlang’ich tashkilot  -- Harakatning negizidir.
    • Boshlang’ich tashkilot Kengashi – a’zolarning sonidan kelib chiqqan holda, 9 kishigacha tarkibda saylanadi. Kengash boshlang’ich tashkilot ishlariga rahbarlik qilish, ishlarni muvofiqlashtirish, boshlang’ich tashkilot yig’ilishlari orasida tegishli qarorlar qabul qilish va ularni amalga oshirish maqsadida tuziladigan organdir. Amaldagi tartibga asosan 100 tadan ortiq a’zoni birlashtirgan boshlang’ich tashkilotlarda Kengash tuziladi.
    • “Kamolot”yoshlar ijtimoiy harakati tashkiloti homiyligi asosida talabalarga o’quv kurslarini joriy etish va qiziquvchan talabalarni qo’shimcha o’qish bilan ta’minlash .(masalan: komryutr kurslari,til o’rgatish kurslari).

 “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini boshlang’ich tashkilotining ichki faoliyatiga tegishli masalalar

    • Boshlang’ich tashkilotning yangi o’quv yiliga amalga oshiriladigan, ish rejasini tuzish va tasdiqlash
    • Institutda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligini keng nishonlash va uni tantanali o’tqazish bo’yicha, tadbirlarda bevosita ishtirok etish
    • Institutda yuqori ballar asosida o’qishga qabul qilingan yoshlarni,talabalik safiga qabul qilish marosimini tantanali tarzda o’tqazish va  talaba yoshlarni “Kamolot” YOIH boshlang’ich tashkilotiga a’zolikka qabul qilish shu asnoda fakultetlar va guruxlarda yetakchilarni saylash
    • Talabalar hayoti, madaniy dam olishi, bo’sh vaqtlarini maroqli o’tkazish borasidagi mavjud saroitlarni va kamchiliklarni o’rganish maqsadida jamoa komissiyalar tuzish.
    • Talabalar yashaydigan hudud xaritasini ishlab chiqish (Oshxona, kafe, sartaroshxona, militsiya tayanch va tibbiyot punktlari, xalqaro telefon aloqasi, “Kamolot” YOIH bo’limlari)
    • Shahar hududidagi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’limlarini, ta’lim muassasining o’zida mavjud bo’lgan bo’sh ish o’rinlari to’g’risida ma’lumotlar bilan ta’minlash (shu jumladan, yozgi ta’til paytida)
    • Talabalar uylari va ularning atrofida obodonlashtirish ishlarida talaba o’quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash

s

Yoshlarning manfaatlarini himoya qilish borasida:

    • Talabalarning turli xil murojatlarini boshlang’ich tashkilot Kengashi majlislarida ko’rib chiqsh va tegishli qarorlar qabul qilish va ta’lim muassasi rahbariyatiga murojaat qilib masalaga oydinlik kiritish.
    • Talabalarning fanlardan o’zlashtirish, darslarga qatnashish davomati, jamoatchilik ishlarida faol ishtiroki masalalarini o’rganish, ta’lim muassasi Ilmiy Kengashiga takliflar, tavsiyalar taqdim etish
    • Kam ta’minlangan, moddiy yordamga muhtoj talabalarni aniqlash, ularni moddiy, ma’naviy tomondan qo’llab – quvvatlash bo’yicha muassasa rahbariyatiga tavsiyalar taqdim etish
    • Talabalar turar joyidagi yashash sharoitlari, moddiy ta’minot, kommunal xizmatlar, avqatlanish, taom tayyorlash va hokazo,turli shart sharoitlarni o’rganish,talabalar turar joylarida eng yaxshi,ozoda saramjon xona tanlovini o’tkazish, shu asnoda Ilmiy Kengashiga taklif va mulohazalar kiritish
    • Ta’lim muassasasi Ilmiy Kengash va Ma’naviyat kengashi majlislarida talabalarning o’qishi, kundalik hayotiga tegishli masalalar muhokamasida faol ishtirok etish,ularni maqsadli va foydali ish bilan ta’minlashda amaliy yordam ko’rsatish

Siyosiy – huquqiy sohada:

    • Mustaqillik yillarida Vatanimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati, milliy istiqlol g’oyasi bo’yicha yetuk mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari o’tkazish
    • Talaba – yoshlarning huquqiy bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, taniqli huquqshunoslar, sudyalar, prokuror va advokatlar partiya rahbarlari bilan  uchrashuvlar o’tkazish
    • Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonunlarni o’rganish bo’yicha turli xil kechalar o’tkazish (shu jumladan, “Siz qonunni bilasizm?”)
    • Yoshlarning siyosiy-ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida siyosiy partiyalar, ularning maqsadlari va dasturlari to’g’risida partiya rahbarlari bilan uchrashuvlar o’tkazish
    • Talaba – yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish maqqsadida “Siz qonunni bilasizmi?”, “Men o’z huquqimni bilamanmi?” mavzularida “Baxs” “Mohiyat” davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazish

s
Ma’naviy – ma’rifiy sohada:

    • Buyuk ajdodlarimiz merosi, Vatanimiz tarixiga oid tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish
    • Vatanimiz tarixi, buyuk ajdodlarimiz hayotini chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus ko’rik tanlovlar Samarqand shahrining 2750 yilligiga bag’shlab talabalar o’rtasida  “INTERNET FESTIVAL” o’tkazish
    • Yoshlar o’rtasida “YOSHLAR VA DIN” to’g’risidagi bilimlarini oshirish, dinga munosabatni shakllantirish maqsadida “Islom dini nima?”, “Musulmonning asl qiyofasi”, “Din va qonun” va boshqa mavzularda davra suhbatlari o’tkazish
    • Islom fundamentalizmi, separatizm, terrorizm, ekstremizm tushunchalari, ularga nisbatan munosabatni shakllantirishga qartilgan seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish
    • Talaba – o’quvchilarning o’zlari tahsil olayotgan mutaxassisligi va yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar o’tkazish
    • Ommaviy axborot vositalari ishtirokida ta’lim muassasalarida “Siz “Kamolot”ni bilasizmi?”, “Men “Kamolot”da nima qilishim mumkin?” mavzularida muhokamalar, ko’rik-tanlovlar o’tkazish
    • Talaba –o’quvchilar orasida “Intellektual universiada”ni tashkil etish

Ijtimoiy-iqtisodiy va iqtidorli yoshlarni qo’llab – quvvatlash sohasida:

    • Mustaqil hayotga tayyorgarlik ko’rish, har bir inson mustahkam bilimlarga, aniq kasb-hunarga ega bo’lishi lozimligini targ’ibot qiluvchi , tadbirkorlik, mulkdorlik tuyg’usini tarbiyalashga qaratilgan seminarlar, davra suhbatlari o’tkazish
    • “Zulfiya”, “Nihol” va “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni “Kamolot stipendiyasi”kabi davlat mukofotlariga talabalar orasidan nomzodlarni tanlash va tavsiya etish
    • Ta’lim muassasasidagi talabalarning teatr, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Zakovat”, “Iqtidor” kabi ijodiy va intelektual jamoalarni faoliyatini yanada rivojlantirish hamda iste’dodli talaba – o’quvchilarni faol ishtirokini ta’minlash
    • “Mehribonlik uylarini” otaliqqa olish, ularda uch rashuvlar  va qator ma’naviy –ma’rifiy tadbirlar o’tkazish, keksa ustozlarning ahvolidan xabar olib turishni tashkil etish maqsadida ularni guruhlar, fakultetlar o’rtasida taqsimlangan holda otaliqqa olish
    • Prezident stipendiyasi, nomli stipendiyalar va “Kamolot” stipendiyalari komissiyalarida faol ishtirok etish hamda adolat mezonini ta’minlash

Sport va jismoniy tarbiya sohasida, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ibot qilish borasida:

    • Guruhlararo, fakultetlararo va ta’lim muassasalari o’rtasida turli xil ommaviy sport musobaqalarini tashkil etish, Respublika Osiyo o’yinlari sport musoboqasiga tolaba sportcilarni qatnashishlari ucun bor imkoniyatlarni yaratib berish
    • Sog’lom turmush tarziga oid turli xil uchrashuvlar, davra suhbatlari o’tkazish (taniqli sportchilarni, mutaxassislarni taklif etgan holda)
    • Talabalarni giyohvandlik, OITS to’g’risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish, ushbu illatlarning oldini olishga qaratilgan maxsus seminar treninglarni tashkil etish va o’tkazish
    • Respublika, viloyatlar, Toshkent shahri miqyosida o’tkaziladigan musobaqalarni tomosha qilish uchun imtiyozli baholarda chiptalar sotuvini tashkil etish (ta’lim muassasalari, “Kamolot” YOIH tuman, shahar bo’limlari hisobidan)