Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
Çŕăđóçčňü Adobe Flash Player

Kitob haftaligi targ'iboti

Joriy yilning 11 fevralidan e’tiboran institutda yillik reja asosida kitob targ’ibot haftaligi o’tkazilayapdi. Haftalik doirasida 38 nomdagi yangi adabiyotlar taqdimoti o’tkaziladi.

Ilmiy, o’quv va badiiy adabiyotlarning taqdimoti, institutda faoliyat ko’rsatayotgan yosh tarjimonlar maktabining navbatdagi mashg’uloti o’tkazildi. Xuddi shuningdek haftalik doirasida O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand bo’limining rahbari Orif Hoji uyushma a’zolari

Hosiyat Bobomurodova, Olqor Damin, shoira Musallambonu Umirovalar institutimiz mehmoni bo’lib, ularning yangi kitoblari taqdimoti o’tkazildi.
Institutda O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus ta’lim Vazirligi rahbarligida Toshkent Davlat Madaniyat  va Sa’natshunoslik instituti professor-o’qituvchilari tashabbusi bilan Respublika oliy o’quv yurtlari uchun o’tkazilgan “Muomila ma’daniyati” mavzusidagi video konferensiya materialari keng o’rganildi. Muhokamada insitut professor o’qituvchilari va Samarqandlik shoir Olqor Damin, tarjimon va tarjimonshunos Poshali Usmon o’g’li ishtirok etdi. Bugun 12 fevral 2013 yil sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot-resurs markazining 1-o’quv zalida “Kitob haftaligi” taqdimoti doirasida institut ingliz filologiyasi, roman-german filologiyasi va tarjimonlik fakultetlaridan jami 45 nafar talabalardan iborat kitobxonlar ishtirokida yangi adabiyotlar kitob taqdimoti o’tkazildi. Taqdimot ARM direktori dos. S.M.Hayitov raisligida uyushtirildi. Talabalarga yangi adabiyotlarni qiziqarli tarzda sharhlab berdilar. Tadbirda kurs rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Talabalarning bilim darajasini ya’nada oshirish maqsadida ARMda joriy yilning 9 fevralida Alisher Navoiyning tug’ilgan kuniga bag’ishlab “Alisher Navoiy 572 yoshda” nomli kitob ko’rgazmasi tashkil qilindi. Bu ko’rgazmaga Alisher Navoiy haqida eng yangi adabiyotlar, oynoma va ro’znomalarda chop etilgan maqolalar va u kishining she’rlaridan na’munalar keltirildi.

Institut ARMda 14 fevral kuni Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Buyuk bobolarni yod etib” mavzusidagi kitoblar ko’rgazmasi tashkil qilindi. Bunda bobomiz Bobur she’rlaridan lavhalar va u kishi haqida oynoma hamda ro’znomalarda nashr qilingan maqolalar joy olgan.