Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar instituti magistratura bo’limi to’g’risida ma’lumot

Samarqand davlat chet tillar institutida xozirgi kunda 5ta yo’nalish bo’yicha jami 100dan ziyod  magistr taqsil olmoqda. Jumladan,


Mutaxassislik kodi va nomi

5A120102 lingvistika – ingliz tili

5A 120102 lingvistika – nemis  tili

5A 120102 lingvistika – fransuz tili

5A 120102 lingvistika – koreys tili

5A120201 lingvistika – tarjima nazariyasi va amaliyoti

 

  Magistrantlar auditoriya soatlardan tashqari  ikki yil davomida ilmiy faoliyat bilan shug’ulanishadi, ilmiy faoliyat o’z ichiga ilmiy tadqiqotlar metodologiyasini o’zlashtirish, talabalar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik ishlarni bajarish va magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash nazarda tutiladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari:
mustaqil  tadqiqotchilik faoliyatining amaliy ko’nikmalarini hosil qilish;
axborot texnalogiyalarining zamonaviy vositalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqotlar o’tkazish,  tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, ilmiy maqolalar tayyorlashga doir bilimlar va ko’nikmalarni shakillantirish;
fan, texnika, ijodiyot va texnalogiyalarning eng yangi yuutuqlariga asoslangan axborot bazalarini qo’llay bilish, ulardan magistrlik dissertasiyasini bajarishda foydalanish ko’nikmasini singdirishga yo’naltiriladi.
ilmiy-pedagogik ishlar:
zamonaviy pedagogik va axborot texnalogiyalari hamda o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan holda pedagogik mahorat va ko’nikmalarini shakillantirish;
o’quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish malakasi va ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi.