Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Matbuot - Jamiyat ko’zgusi

Matbuot - Jamiyat ko’zgusiViloyat Matbuot uyida o’tkazilgan navbatdagi davra suhbatida obuna uyushtiruvchi va matbuot tarqatuvchi korxonalar, bosmaxonalar xodimlari, hamkor tashkilot va muassasalar rahbarlari, gazetxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlandiki, yurtimizda yangi jamiyat qurish, mamlakatimizni yangilash va modernizasiya qilish, jamiyat rivoji samaradorligini oshirish yo’lida to’siq bo’lib turgan muammolarni yechishda ommaviy axborot vositalari qo’shayotgan hissasi, roli va ahamiyati katta bo’layotir.

– Bu borada, – deydi Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Samarqand viloyat hududiy bo’linmasi rahbari Azamat Pardayev, – tashkil topganligining 100 yilligini nishonlayotgan “Zarafshon”, 95 yoshli “Samarkandskiy vestnik” gazetalari sahifalarida viloyatda jamiyat hayotining barcha jabhalarida kechayotgan islohotlar jarayoni, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy yangilik va o’zgarishlar tezkor va tahliliy ravishda yoritib kelinayotir. Viloyat hayotidagi dolzarb masalalar va mavzular ko’tarib chiqilmoqda.

Davra suhbati ishtirokchilari “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari ish faoliyati bilan tanishdilar hamda Matbuot uyidagi “Milliy matbuot tarixi” muzeyini tomosha qildilar.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari X.Xo’jayorov ishtirok etib, matbuot nashrlarining ta’sirchanligini oshirish va jamoatchilik e’tiborini qaratishda, shuningdek, jamiyatimizning bugungi hayoti, uning barcha quvonch-tashvishlari, intilishlarini matbuot sahifalarida o’zining xolisona aksini topishi mamlakat taraqqiyotiga ijobiy hissa bo’lib qo’shilishini ta’kidladi.

"Zarafshon" gazetasi 2013-yil 19-dekabr №152