Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ona yurt tarannumi

Mustaqilligimizning yigirma ikki yilligi munosabati bilan Samarqand viloyati o’lkashunoslik muzeyida “Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston!” mavzuida ko’rgazma ochildi.
Unda namoyish etilayotgan asarlarda mamlakatimizning istiqlolga erishish yo’llari, yurtimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaralari, ta’lim-tarbiya, ilm-fan, madaniyat va san’at sohalarida qo’lga kiritilgan yutuqlar o’z ifodasini topgan.
Shuningdek, ko’rgazmaga tashrif buyurganlar xalq amaliy san’ati merosini qayta tiklashda xizmat ko’rsatgan kulollar va zargarlar X. Haqberdiyev, Sh. Azimov, O. Hamidov hamda Samarqand qog’ozini tiklagan Z. Muxtorov faoliyati bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.