Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Orzular qanotida

Bugungi kunda badiiy tarjima sohasida o‘ziga xos yuksalish ro‘y berayotganini payqash kiyin emas.Xorijiy tillardan ona tilimizga jaxon adabiyotining durdona asarlari tarjima qilinayotir.Muximi,asliyatdan tarjima muammosi ham echimini topmoqda.Bu esa,o‘z navbatida,jaxon halqlari madaniyati,adabiyotiga qiziqishni oshirmoqda.Ushbu saьy-harakatlar ortida adabiyotga,xususan,tarjima sohasiga qaratilayotgan jiddiy eьtiborni ko‘rib,his etib turibmiz.Bunday g‘amxurlik,biz yoshlarga qanot bag‘ishlaydi,oldimizda turgan ulkan ishlarga,chunonchi,o‘zbek adabiyoti namunalarini chet tillariga o‘rgatib,dunyo xaqlariga tuxfa etishdek sharafli ishga rag‘bat uyg‘otadi.
“Yuksak-manaьviyat engilmas kus”asarini mutolaa qilgan yoshg‘ijodkor tarjimon,talabalar quyidagi fikrlarni ongi,qalbiga muxrlashni istashi tabiiy:
“Ilgari o‘zbek adabiyotining naьmunalarini boshqa tillarga tarjima qilish,asosan uchinchi til ,yaьni rus tili orali amalga oshirilar edi.Bu borada qilingan katta ishlarni munosib baholagan holda ,endilikda adabiyotimizning eng etuk asarlarini bevosita ona tilimizdan g‘arb va sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz zarur.Buning uchun xorijiy tillarni,adabiyot va badiiy tarjima sanaьtining nazariy va amaliy jihatlarini har tomonlama puxta egallagan mutaxassislarni tayorlash imkoniyatlari bizda mavjud.
Uzoq yillar davomida o‘zbek adabiyotini tug‘ridan tug‘ri ona tilimizdan tarjima qilib kelgan chet ellik tarjimonlar bilan birga,mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari oliy taьlim olayotgan isteьdodli o‘g‘il-qizlarimizni mana shu mashakkatli,ayni paytda oliyjanob ishlarga jalb etish,bu masalaning echimi bilan bevosita bog‘liq bulgan tashkiliy-amaliy vazifalarni xal qilishimiz maqsadga muvofiq bulur edi.”
Yurtboshimiz asarlarida yozilgan-oliy o‘quv yurtida taьlim olayotgan,imkoniyat darajasi badiiy tarjimadek mashaqqatli,ayni paytda oliyjanob ijodiy ish bilan shug‘ullanayotgan yoshlar qatorida ekanimdan fahrlanaman.Men tahsil olayotgan Samarqand davlat chet tillar institutida “Yosh tarjimonlar maktabi”faoliyati yulga quyilgan.Bu maktab ish boshlagandan buyon xali kup vaqt utgani yuk,Shunga qaramay badiiy tarjimaga iqtidori bor yoshlar kashf etilayotir,desam mubolag‘a bulmaydi.

Malohat G‘affarova

Malohat G‘affarova-1991 yili Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan.Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi.Koreys yozuvchilari xikoyalarini asliyatdan tarjima qiladi.Tarjimalari “Yulduz uchgan tun”,”Zarafshon mavjlari”  to‘plamlarida,”Yosh tarjimonlar almanaxi”da, "O‘zbekiston adabiyoti va sanaьti”haftaligida,”Yer-yuzi”jurnali va boshqa nashrlarda chop etilgan.

"O'zbekiston adabiyoti va sa'nati" gazetasi 2014-yil 31-yanvar