Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O’zbekiston respublikasi oliy majlisi senatida

12 dekabr kuni Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o’n uchinchi yalpi majlisi ochiladi.

11 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo’lib o’tdi. Unda ishchi guruh rahbarining bo’lajak yalpi majlisni o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish haqidagi axboroti tinglandi.

Senat qo’mitalarining raislari qo’mitalarda o’tkazilgan majlislar va o’n uchinchi yalpi majlis muhokamasiga kiritilgan qonunlar yuzasidan xulosalar ham­da boshqa masalalar bo’yicha qarorlarning loyihalari tayyorligi haqida axborot berdilar, yalpi majlis ishini tashkil etish yuzasidan fikr almashdilar.

Kengash majlisida Senatning bo’lajak yalpi majlisida 16 ta masala, shu jumladan, 9 ta qonun ko’rib chiqilishi nazarda tutilayotganligi ko’rsatib o’tildi.

Senatorlar O’zbekiston Respublikasining 2014 yilgi Davlat byudjeti, shuning­dek, 2014 yilda ish o’rinlari tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash das­turining ko’rib chiqilishi hamda tasdiqlanishi dolzarb va ahamiyatli ekanligini ta’kidladilar.

Kengash a’zolari Senatning yalpi majlisi muhokamasiga kiritilayotgan, siyo­siy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma sohalarini izchil isloh qilish ham­da liberallashtirishga, Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi qonunlarining muhimligini alohida qayd etdilar. Bunday qo­nunlar jumlasiga «O’zbekis­ton Respublikasining Byudjet kodeksini tasdiqlash to’g’risida»gi, «Ekologik nazorat to’g’risida»gi, «Vasiylik va homiylik to’g’risida»gi, «O’zbekiston Respublika­sining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqalar kiradi.

Majlisda O’zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatlariga kiritilgan bosh­qa masalalar ham ko’rib chiqildi.

Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining tegishli qarorlari qa­bul qilindi.

O’zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Senatining Matbuot xizmati.

"O'zbekiston ovozi" gazetasi 2013-yil 12 dekabr  №151