Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yuqori natijalarga erishgan bir guruh iqtidorli yoshlarni mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qo‘shgan salmoqli hissasi, professional mahorati va yorqin iste’dodi bilan sport sohasida yuqori natijalarga erishgani uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:

“O‘zbekiston iftixori”

Maxstaliyev Abbosbek Muxammadaliyevich - Toshkent shahri “Paxtakor” professional futbol klubi a’zosi

Mo‘minova Nafisa Alisherovna - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”

Istomin Denis Olegovich - Tennis bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Sanokulova Zamirajon Baxtiyorjonovna - Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Farmonov Mirzoxid Shuxratovich - Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Xalmuratov Muradjan Yuldashevich - Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

Samarali mehnati, tashabbuskorligi va alohida yutuqlari bilan Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirish, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlashga qo‘shgan munosib hissasi hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Utemuratov Rustem Muratbayevich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi

“Jasorat” medali bilan

Ismoilov Oybek Valijonovich - Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi posboni

Yo‘ldashev Sherali Saffarovich - Jizzax viloyati Jizzax tumanidagi “Qo‘shbarmoq” mahalla fuqarolar yig‘inining “Mahalla posboni” jamoat tuzilmasi rahbari

Talipov Baxtiyor Xodjimuratovich - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani ichki ishlar boshqarmasi profilaktika katta inspektori

Xudayqulov Erkin Eshimovich - O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari mintaqaviy shtabi chegara rayoni nazoratchisi

“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan

Meyliyev Anzor Artiqovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh komandiri

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayev Baxodirjon Ixtiyorovich - Navoiy davlat konchilik instituti talabasi

Asqarov Toxirjon Abduqahhor o‘g‘li - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi huzuridagi iqtidorli bolalar akademik litseyi o‘quvchisi

Atadjanov Jasurbek Abdusharibovich - “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining “Billing Telekom” filiali dasturchi-muhandisi

Boltayev Bexzodbek Matyoqub o‘g‘li - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi 1-akademik litseyi o‘quvchisi

Buribayev Rustamdjan Sadikdjanovich - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Uchuvchilar majmuasi “Boing” havo kemasi ikkinchi uchuvchisi

Jo‘rayeva Feruza Abduraxim qizi - Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidagi “Shabnam-nurli zamin” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Ortikov Mumtoz Tulkinjanovich - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Bunyodkor” yoshlar teleklubi bosh koordinatori

Pirnapasov Abror Tolibovich - O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti

Raxmonov Xurshidbek Dilmurotovich - Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi ”Kubaro-Diyor” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Taxirov Murat Yuldashevich - “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining “Uzbekistan airways technics” aviakorxonasi aviatexnigi

To‘ychiyev Olimjon Alijonovich - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi

Sharobidinov Biloliddin Baxtiyor o‘g‘li - Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Ermanov Orzumurod Shomuradovich - “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyatining po‘lat eritish sexi ustasi

Yusupov Baxodir Baxtiyor o‘g‘li - “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Qashqadaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati yetakchi mutaxassisi

Yusufova Munira Yusufovna - Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi

Yuldashev Akmalxodja Avazxodjayevich - “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat aksiyadorlik kompaniyasining “O‘zbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” elektropoyezdi mashinisti

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov

Toshkent shahri,
2013-yil 3-dekabr

"Ma'rifat" gazetasi 2013-yil 4-dekabr №96